Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   155
Geologiya majmua

Suffozion ko`llar
botig`i Yer po`stidagi eruvchan va oson yuviluvchan jinslarni 
Yer osti suvlari yuvib olib ketishi natijasida gruntning chukishidan hosil bo`ladi. 
Suffozion ko`llar g`arbiy Sibirning janubida va qozog`istonning shimolida ko`p 
uchraydi. 
7. Daryo vodiylarida va dengiz buylarida
suv eroziyasi va akkumulyatsiyasi 
natijasida vujudga kelgan ko`llar tarqalgan. Ma`lumki, darelar uzoq davr o`tishi bilagg 
o`z o`zanini o`zgartirib turadi. Daryolarning qadimgi (qoldiq) uzanida bir-biridan 
ajralib qolgan ayrim ko`llarni tashkil etishi mum. kin. Daryolarning hozirgi 
qayirlarida va qisman quyi qayir usti terrasasida - qayir ko`llari uchraydi. Liman 
ko`llatsi dare bilan dengizning uzaro ta`siri natijasida hosil buladi. Bunda daryolar 
etagini dengiz suvi bosib, sung bu joylar dengizdan qum tili orqali ajralib qoladi. 
Liman ko`llarini Azov va qora dengiz buylarida ko`plab uchratish mumkin. 
8. Tog` qulab daryo vodiysini to`sib quyishi natijasida vujudga kelgan ko`llar 
to`g`on ko`llar
deb ataladi. Pomir tog`ligidagi Sarez kuli va Yashilko`l - to`g`on 
ko`ldir. Sarez ko`li 1911 yil tog` qulab Murg`ob daryosini tusib qo`yishi natijasida 
hosil bo`lgan. Bu kulning uzunligi 60 km dan, chuqurligi esa 505 m dan ortadi. 
Shamol yumshoq jinslarni (masalan, qumni) tuzitib, uchirib ketishidan ham 
chuqurliklar hosil bo`ladi. Bu chuqurliklarga suv tuplansa - eol ko`llar vujudga keladi. 
Eol ko`llar Yer sharining chul zonasida keng tarqalgan bo`lib, ularning suvi yoz 
vaqtida ko`p bug`lanishi va erga singishi natijasida tugab qoladi. 
Demak, ko`l botiqlari endogen va ekzogen faktorlar natijasida vujudga kelar ekan. 
Ko`llarning vujudga kelishida zonal va azonal faktorlar ishtirok etadi. Chunki 
endogen faktorlar azonal bulsa, ekzogen faktorlar zonaldir. 
Ko`llarning hosil bo`lishida iqlimning roli g`oyat kattadir, chunki quruqlikdagi 
suvlar, shu jumladan kul suvlari ham iqlim mahsulidir. Bundan tashkari, ko`l botig`ini 
hosil qiluvchi asosiy ekzogen faktorlar - muzlik, oqar suv, shamol, iqlimga bog`liqdir. 
Sernam o`lkalarda ko`llar ayniqsa ko`pdir, qurgoqchil o`lkalarda esa bug`lanish 
katta ekanligidan ko`llar kam. Demak, ko`llarning geografik tarqalishida iqlim juda 
katta rol o`ynar ekan. 
Ko`llardagi suv massasi turli yul bilan paydo bo`ladi. Ko`llar asosan yog`inlardan, 
doimiy va vaqtli daryolardan, ariq-soylardan, qisman Yer osti suvlarini 
kondensatsiyasidan suv oladi. Faqat relikt ko`llargina bundan mustasnodir. Relikt 


ko`llar ilgari Dunyo okeanining bir qismi bo`lgan va keyingi vaqtlardagina okean va 
dengizlardan ajralib qolgan. Bunga Kaspiy dengiz-ko`li yaqqol misol bo`la oladi. U 
ilgari Kuma-Manich cho`k-masi o`rnidagi suv yo`li orqali Atlantika okeani dengizlari 
bilan tutashib turgan. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin