Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   155
Geologiya majmua

Oqar va oqmas ko`llar
. Ko`llar suvining almashish xarakteriga ko`ra oqar va 
oqmas ko`llarga bo`linadi. Suvi oqib chiqadigan ko`llar oqar ko`llar deyiladi. Suv 
almashishi Yaxshi bo`lgani uchun ular oqmas ko`llarga nisbatan chuchukroq bo`ladi. 
Oqmas ko`llarning suvi havoga bug`lanish va Yerga singish (fil`tratsiya) yo`li bilan 
sarf bo`ladi. Shuning uchun ularning suvi sho`rdir. Bu ayniqsa issiq iqlimli o`lkalar 
uchun xosdir.
Rasm 66. Chorbog` suv ombori. 
Oqmas ko`llarga Kaspiy va Orol ko`llari misoldir. Bularga daryolar kelib 
quyilsada, ulardan bironta ham daryo oqib chiqmaydi. Zaysan ko`lidan Irtish daryosi, 
Baykal ko`lidan Angara daryosi, Ladoga ko`lidan Neman daryosi oqib chiqkani uchun 
bu ko`llar oqar ko`llardir. 
Ko`llardagi tuzlarning tarkibi shu ko`llarga kelib quyiladigan daryo va soylar 
suvi tarkibiga bog`liqdir. Oqar suvlar kelib quyiladigan ko`llarda ko`proq natriy, xlor 
va sul`fat tuzlari, kamroq magniy va kaliy tuzlari uchraydi. Borli tuzlar esa juda kam 
uchraydi. Tuzi tarkibiga ko`ra ko`llarni sho`r taxir, sodali va bor tuzli ko`llarga 
bo`ladilar. 
Oqar ko`llar ham, o`z navbatida ikki kichik gruppaga bo`linadi: a) suv doim 
oqib turadigan va b) suv vaqtincha oqib chiqadigan ko`llar. 
Ko`l suvining issiqlik rejimi.
Ko`l suvi issiqlikni Quyoshdan, qisman esa ko`l 
tagidagi Yer qatlamlaridan oladi. Bundan tashqari suv bug`lari quyuqlashib, suv 
tomchilariga aylanganda ham issiqlik ajralib chiqadi. 
Ko`llar suv temperaturasining yil davomida hamda vertikal bo`yicha o`zgarishiga 
qarab issik, mo``tadil va sovuq ko`llarga bo`linadi. Ko`llarda issiklikniig taqsimlanishi 
havo temperaturasidan tashqari, ko`l suvining sho`rligiga va zichligiga ham bog`liqdir. 
Yuqori va o`rtacha kenglikda joylashgan ko`llarning suvi qishda yuza qismlarida 
sovuq bo`lib, pastga tomon orta boradi. 


Rasm 67. Chotqol tog` tizmasidagi Ko`k-suv daryosi. 
Suv temperaturasining vertikal bo`yicha bunday o`zgarishi teskari termik 
stratifikatsiya deyiladi. Bahorda esa ko`l suvining vertikal o`rin almashinuvi 
kuchayishi tufayli temperatura suv yuzasidan chuqur qismlarga tomon o`zgarmay, 
deyarli bir xil buladi. Bu hodisaga gomotermiya deyiladi. 
Yozda ko`l suvining yuza qismlari Yaxshi qiziydi va chuqurga tushgan sari 
temperatura pasaya boradi. Suv temperaturasining bunday o`zgarishi to`g`ri termik 
stratifikatsiya nomini olgan. Ko`l suvida tuz juda ko`p bo`lsa, bu tuz, ko`l tagiga 
cho`kadi. Tagidan tuz olinadigan El`ton, Bosqunchoq ko`llari bunga misol bo`la oladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin