Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/88
tarix25.11.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#134597
növüУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

To’rtinchi darajaga
geoaxborot tizimlarini (GAT) yaratish, kartografik 
materiallarni qayta ishlash va boshlang‟ich kartografik-geodezik ma‟lumotlarni 
qayta ishlashdan to tuziladigan loyihaning asosiy nusxasini tayyorlashgacha 
bo‟lgan, to‟la avtomatlashgan texnologik jarayonni yaratish uchun kuchli 
vositalarga ega dasturiy mahsulotlar kiradi. Ularga 
Intergraph
firmasining MGE 
mahsulotlari, ESRI va Erdas firmalarining 
ArcInfo 8,0
va undan yuqori hamda 
Erdas Imaging komplekslari (majmualari) kiradi. Hozirgi kunda Rossiya 
Federatsiyasining «Ponorama» va Belorusiya davlatning «Kredo-Diolog» dasturiy 
majmualarini ham ushbu darajaga kiritish mumkin.
Eng taniqli va kuchli geografik axborotlar bilan ishlashga va kartografik 
tasvirlarni qayta ishlashga mo‟ljallangan dasturiy texnik majmua MGE va 
Intergraph
firmasining masofaviy zondlash ma‟lumotlarini qayta ishlovchi 
dasturiy vositalari hisoblanadi. Bu tizim turli xil kartalarda, kosmik va 
aerotasvirlarda va boshq. keltirilgan. Turli xil hududiy chegaralangan yozma va 
chizma ma‟lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish, birlashtirish va 
modellash uchun ko‟plab vazifalarni bajarish bo‟yicha katta imkoniyatlarga ega.
Intergraph 
dasturiy mahsulotlari orasida yuqori darajada murakkab, 
grafikaviy tasvirlar bilan ishlash, kartografik ma‟lumotlarni qayta ishlash va tahlil 
qilish, ma‟lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va kiritish, uch o‟lchamli model-
larni tuzish, o‟z texnologiyasiga tayyor yoki foydalanuvchi tomonidan ishlangan 


19 
mavzu bo‟yicha modullarni kiritish, zarur interfeyslarni yaratish uchun turli xil 
amaliy vazifalarni ta‟minlaydigan xususiy foydalanish tizimini yaratish mumkin.
«Panorama» majmuasi tarkibi 5 – rasmda keltirilgan. 
5-rasm. Panorama majmuasi tarkibi 
“Panorama” geoaxborot texnologiyasi yuqorida keltirilgan 4 ta bir birovini 
to‟ldiruvchi dasturiy majmuadan iborat bo‟lib, bugungi kunda yer tuzish va yer 
kadastri ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan texnologiya hisoblanadi. Bu 
texnologiya Rossiyada ishlanganligi sababli, foydalanishda qulay va MDH 
tarkibidagi davlatlar yer tuzish tizimiga tez moslashtiriladi.
“CREDO” dasturiy kompleksi ham yer tuzish va yer kadastri ishlarini 
avtomatlashtirish imkonini beradigan va oliy o‟quv yurtlarida ta‟lim jarayonlariga 
joriy etish uchun mo‟ljallangan. Uning tarkibida 5 ta o‟quv to‟plamlari bor: 
Umumiy to‟plam; “Yo‟llar” to‟plami; “Injenerlik geologiyasi” to‟plami; 
“Geodeziya va yer tuzish” to‟plami; “Sanoat va fuqarolik qurilishi” to‟plami. 
Hamma to‟plamlar 11 kompyuter birlashtirilgan tarmoqda ishlashga mo‟ljallangan. 
Server vazifasini bajaruvchi kompyuter tarmoq himoya kalitlarini o‟rnatish uchun 
LPT yoki USB portlariga ega bo‟lishi kerak. 
Yuqoridagi aytilganlardan ko‟rinib turibdiki yer tuzishni loyihalashning
avtomatlashtirilgan tizimini yaratish quyidagi masalalarni yechishni taqoza etadi: 


20 

YTLATning maqsadini, obyektlarini, tarkibini va vazifalarini belgilash; 

YTLATni yaratishning nazariy asosini tashkil etuvchi kontseptsiyasini 
ishlash; 

YTLATning kontseptual asoslaridan kelib chiqadigan, uning element-
larini loyihalashga qo‟yiladigan talablarni aniqlash. 

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin