Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


 Texnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasi



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/88
tarix25.11.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#134597
növüУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

3.2. Texnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasi 
Yer tuzish loyihalarini va chizmalarini ishlash, ularni hayotga tadbiq etish va
mualliflik nazorati jarayonlarida qabul qilinadigan yechimlarning kompleksligini, 
mutanosibligini va samaradorligini ta‟minlash uchun YTLAT uslubiy, axborot, 
matematik, texnik va tashkiliy ta‟minotni ta‟minlovchi vositalarga ega bo‟lishi 
kerak. (8- rasm).
YTLATning texnik ta’minoti (texnik vositalar, texnika)
– 
bu yer tuzishni 
loyihalashning avtomatlashgan tizimining texnik jihozlari bo’lib, o’z ichiga 
kompyuter va boshqa mexanik, magnitli, elektr, elektron va optik ulanma 
qurilmalarni yoki EHM boshqaruvida yoki mustaqil ishlaydigan shunga o’xshash 
asboblarni hamda YTLAT faoliyati uchun zarur turli qanday qurilmani oladi
.
YTLATning texnik-dasturiy ta’minoti
– 
bu yer tuzishni loyihalashning 
avtomatlashgan tizimining texnik va dasturiy ta’minotlari yig’indisidir.
YTLATni ta‟minlash vositalari orasida mos ma‟lumotlar bazalarini
ma‟lumotlarni kiritish va chiqarish vositalarini, yozma va chizma ma‟lumotlarni 
tayyorlashning dasturiy vositalarini, ayrim yer tuzish masalalalarini yechish uchun 


36 
amaliy dasturlar to‟plamlarini, yozma va chizma tahrirchilarni ajratib ko‟rsatish 
mumkin. Bundan tashqari ma‟lumotlar bazasidagi ayrim ma‟lumotlar to‟plamlari 
o‟z-o‟zidan rejalash, dasturlash va ko‟rsatkichlarni baholashga mos iqtisodiy-
matematik usullarni qo‟llashni talab etadi. Bu esa mos dasturiy ta‟minot 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Ta‟minot vositalari butun tizim, uning funktsional ichki tizimlari, bloklari va 
masalalar majmualari hamda ayrim masalalar uchun ishlanadi. 
Hujjatlar tarkibiga maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun uslubiyatlar va 
ko‟rsatmalar ham kiritilishi kerak. 
YTLATning ta‟minot vositalarini tadbiq etish uchun EHMda va ananaviy 
usullar bilan yechiladigan masalalar majmuasini uslubiy, axborot va tashkiliy 
bog‟lash asosida yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‟yicha 
loyihaviy yechimlarni olish texnologiyasi ishlangan bo‟lishi kerak. Uning asosida, 
o‟z navbatida, PEHMlarda hisoblashlarni o‟tkazishning texnologik tartibi 
yaratilishi talab qilinadi. 
YTLAT ning ta‟minot vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- tezkorlik, ko‟p yechimlilik, belgilangan muddatlarga rioya qilish
ishonchlilik va qo‟yilgan masalalarni aniq yechish; 
- ma‟lumotlarga ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish, turli xil 
ichki tizimlarning kelishilgan tarzda ishlashi; 
- tizimni ta‟minlovchi vositalarning va resurslarning tejamli ishlatilishi. 
YTLAT yordamchi qurilmalar ulangan personal kompyuterlar yoki lokal 
tarmoqqa ulangan PEHMlar asosida yaratiladigan yer tuzuvchi – loyihachilarning 
avtomatlashtirilgan ish o‟rni (AIO‟) orqali amalga oshiriladi. Amalda yer 
tuzuvchining AIO‟ deganda odatda bitta yoki bir necha o‟zaro bog‟liq texnologik 
jarayonlar masalalarini avtomatik tarzda yechishni ta‟minlaydigan texnik vositalar 
bilan birga geoaxborot tizimlari (GAT), avtomatlashgan axborot tizimlari (AAT)
va dasturiy-uslubiy majmualar (DUM) tushuniladi. 


37 
8-rasm.. YTLAT ta‟minlovchi vositalar klassifikatsiyasi 
Uslubiy 
Loyihalashning 
yagona tizimi 
Loyihalar va 
chizmalarning 
mazmuni (tarkibi) 
Ko‟rsatkichlar 
tizimi 
Chizmalar va 
loyihalarni ishlash 
usullari 
Ахborot
Ko‟rsatkichlar 
tizimi 
Ma‟lumotlarni 
formal ta‟riflash 
vositasi 
Ахborot fondi 
Ахborot оqimini 
tashkil etish 
vositasi 
Hujjatlar tizimi 
Маtematik
Umumiy dasturiy 
vositalar (DV), 
operatsion tizimlar, 
diagnostika fayllarini 
yuritish uchun DV 
Rejalashni va 
loyihalashni avto-
matlashtirish DV 
Uslubiy 
yo‟naltirilgan 
hisoblashlar DV
EТLAТning 
funktsional maqsadli 
DV 
Hisoblash jarayonini 
tashkil etish DV 
Техnik 
Eksplikatsiya 
Loyihalash 
Hujjatlar fondini 
yaratish 
EHM tarmoqlari 
tarkibi (EHM va 
ulanma qurilmalar 
turlari va shakllari) 
Tashkiliy 
Tashkiliy tarkib 
Huquqiy 
me‟yorlar 
Loyihalarni 
ishlash jarayoni 
boshqarish 
Mutaxassislar 
Ish техnologiyasi 

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin