62
geodezik koordinatalari bo‟yicha tushirish va zarurat tug‟ilganda planshetda
konturlarni qayta bog‟lash; obyektni bo‟lish yoki ikki va undan ko‟p
konturlarni
berilgan maydon ko‟rsatkichi bo‟yicha bittaga birlashtirish.
Konturlar maydonlarini hisoblash bo‟yicha berilgan topshiriqning EHMda
avtomatlashtirilgan tarzda yechilishining yiriklashtirilgan chizmasi 13– rasmda
keltirilgan.
Foydalaniladigan texnik vositalar va maxsus dasturlar to‟plamlaridan
kelib
chiqib, keltirilgan chizma o‟zgarishi mumkin. Shunga qaramasdan, yer tuzish
ehtiyojiga mo‟ljallangan turli qanday avtomatlashtirilgan
tizimda maydonlarni
hisoblash bloki u yoki bu shaklda amalda o‟rin egallaydi.
YTLATdan foydalanishda yotqizish tamoyili dasturiy ta‟minotga o‟ziga
xos talab qo‟yadi. Xususan, nuqta, kontur, konturlar guruhi (masalan, ularning
tartib raqamlari bo‟yicha), kartaning chegara bo‟yicha boshqa qatlamdan olingan,
hohlagan qismi va sh.o‟. uchun qatlamlarni grafikaviy va mantiqiy yotqizishda
umumlashtirilgan ma‟lumotlarga bo‟lgan foydalanuvchining
talabi qondirilishi
kerak. Ma‟lumotnoma yotqizilish tamoyili bo‟yicha tuzilishi kerak, ya‟ni birinchi
qatlam konturlariga ikkinchi qatlam konturlari kiradi, ularning turli bittasiga
uchinchi qatlam konturi kiradi va sh.o‟.
Foydalanuvchining hohishiga ko‟ra, yotqizish natijalari yangi qatlam sifatida
saqlanishi, to‟plangan semantika ma‟lumotlari esa, ma‟lumotlar bazasiga kiritilishi
mumkin. Tizim oddiy yoki to‟plangan qatlamdan berilgan
qatlamni yoki pastki
qatlamni ajrata olishi va uni mustaqil qatlam sifatida saqlay olishi ham kerak.
63
13-rasm. Konturlar maydonlarini avtomatlashgan tarzda hisoblash chizmasi.
Panorama majmuasi yordamida aniq maydonli va chiziqli ob‟ektlar bo‟yicha
maydon o‟lchamlarini avtomatlashgan tizimda hisoblash ishlariga misollar 14-15
rasmlarda keltirigan.
Dostları ilə paylaş: