81
yoki taqsimlangan sun‟iy intellekt tizimlari shaklida amalga oshiriladi. Bunday
tizimning dasturiy ta‟minoti ikkita qismni o‟z ichiga oladi:
- avtomatlashtirilgan interpretatsiyalashning turli
hil masalalarini yechish
uchun mo‟ljallangan ishlov beruvchi dasturlar intellektual majmualari to‟plami;
- ekspert tizimlari yig‟indisi.
Intellektual majmualar funktsional dasturlash tamoyillarida yaratiladi.
Ma‟lumotlarga ishlov berish jarayonlari bilimlar bazasini yaratadi. Ular hisoblash
jarayonini amalga oshirish vaqtida aniq ma‟lumotlarga ishlov berishga qaratilgan,
o‟zida yo‟naltirilmagan grafani ifodalovchi, funktsional semantik tarmoq shaklida
amalga oshiriladi. Bu degani, aniq masalalarni yechishda ma‟lumotlarga ishlov
berish qattiq emas, balki, o‟zi to‟g‟rilanadigan grafalar bo‟yicha bajariladi. Ular
avtomatik
shakllantiriladi,
o‟ta murakkab
vaziyatlarda esa mutaxassis
qatnashuvida, qo‟yilgan talablar, boshlang‟ich ma‟lumotlar tarkibi va qator
tekshiriladigan sturlioitlar hamda cheklashlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ekspert tizimlari mutaxassis – ekspertlarda mavjud taxlil qilish,
umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish bo‟yicha
shakllangan maxsus
bilimlarni va nazariy asoslangan matematik jarayonlarni qo‟llab, bilimlar
bazasidan foydalanish asosida, ma‟lumotlari chuqur avtomatlashtirilgan ishlov
berish va qarorlarni shakllantirish tamoyillarini ro‟yobga chiqaradi.
Yuqorida keltirilgan
yondashuvlarga mos tarzda, YTLAT ishini barcha u
bilan mantiqiy bog‟langan funktsional tizimlar bilan integratsiyalash, uning ayrim
elementlarini kontsetual va fizik loyihalashni amalga oshirish yer tuzishnining
ayrim tashkil etuvchilarini avtomalashtirishning oqilona va unifikatsiyalangan
modelini yaratish va shuning hisobiga malumotlar ortiqchaligini
nafaqat ayrim
pastki tizimlarda, balki, butun tizim ichida tugatishga erishish mumkin. Bu esa
loyihachilar mehnati unumdorligini va ishlanayotgan loyihalar sifatini keskin
oshirish imkonini beradi.
Shunday qilib, barcha turdagi yer tuzish ishlari uchun yagona ma‟lumot
kengligini yaratish bo‟yicha aniq qadam va avtomatlashtirilgan
yer tuzishni
82
loyihalash, xaritalash va Davlat yer kadastrini yuritishni bosqichma - bosqich
amalga oshirish uchun poydevor qo‟yiladi.
Dostları ilə paylaş: