Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


 Skanerlangan tasvirlarni vektorlash va gibrid taxrirlash uchun dasturiy



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/88
tarix25.11.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#134597
növüУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

 
6.6. Skanerlangan tasvirlarni vektorlash va gibrid taxrirlash uchun dasturiy 
vositalar 
Loyiha – konstruktorlik, kartografik, geoinformatsion yoki yer tuzish 
masalalarini yechish uchun avtomatlashtirilgan ishchi o‟rin tashkil etishda, amalda 
turli qanday firma avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ko‟p yillik qog‟ozli, foto 
va slaydli arxivlarda saqlanayotgan, oldin ishlangan materiallardan foydalanish 
muammosiga duch keladi. Skaner bo‟lsa, turli qanday hujjatni elektron shaklga 
o‟tkazish ko‟p mehnat talab etmaydi. Natijada rastrli formatlarning biriga tasvir 
yozilgan fayl olinadi. Asta–sekin arxivning to‟la elektron versiyasini yaratish va 
keyinchalik elektron hujjat almashish tizimiga va ma‟lumotlarni saqlashga to‟la 
o‟tish mumkin. 
Loyihachiga yoki konstruktorga birinchi navbatda, skanerlangan tasvir bilan 
keyingi ishlash va undan yangi loyihalarda foydalanish imkoniyati katta 
ahamiyatga ega. Ananaviy
Corel Photo – Paint 
yoki 
Adobe Photoshop
kabi rastrli 
taxrirchilar bu maqsadlar uchun umuman yaramaydi, sababi, ular badiiy tasvirlarni 


98 
yaratishga mo‟ljallangan. Injener – texnik, geoinformatsion yoki kartografik 
chizma materiallarining rastrli elektron nusxalari bilan ishlash uchun maxsus 
dasturlar – vektorlovchilar va gibrid (rastrli – vektorli) tahrirchilar kerak. 
Vektorlovchilar 
 
skanerlangan rastrli tasvirlarni vektorliga aylantirishga
mo‟ljallangan. Keyin ular bilan ishlash uchun LIAT, GAT va kartografiyaning
ananaviy tizimlaridan foydalanish mumkin. 
Gibrid tahrirchilar
zarur hollarda vektorlash hamda rastrli, vektorli va gibrid 
chizmalarni to‟g‟ridan – to‟g‟ri tahrirlash imkonini beradi. Aytish kerakki, LIAT 
va GAT tushunchalarining o‟zlari, avvalo, vektorli grafikaga bog‟langan edi. 
Gibrid tahrirchilarning paydo bo‟lishi bilan, amalda yangi tushuncha – rastrli – 
vektorli LIAT va GAT paydo bo‟ldi. Gibrid tahrirchilarning, agar skanerlangan 
tasvirni tahrirlashda qisman vektorlashtirish zarur bo‟lsa yoki u umuman talab 
etilmasa, o‟rnini hech nima bosa olmaydi. Bu juda katta ahamiyatga ega, sababi, 
turli qanday vektorlash natijalarni ko‟rib nazorat etish va paydo bo‟ladigan 
xatolarni tuzatish uchun ko‟p vaqt sarflashni talab etadi. 
Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlar, ham mustaqil tizimlar ham yuqori 
darajadagi loyihaviy tizimlarga ustqurma sifatida ishlatilishlari mumkin. Birinchi 
vaziyatda ular o‟z ma‟lumotlar formatidan foydalanishadi va skanerlangan tasvirlar 
bilan ishlash uchun barcha zarur asboblarni o‟z ichiga oladi. Bunday gibrid 
tahrirchilar qator vaziyatlarda ananaviy loyihaviy tizimlarga alternativ bo‟lishlari 
mumkin. 
Ananaviy loyihaviy tizimlarga dasturiy ustqurilmalar mazmunan, ularni 
kuchli rastrli – vektorli tahrirchiga aylantirish imkonini beradi (masalan, 
Auto 
CAD
). Shu bilan foydalanuvchiga vektorli tahrirlash vositalarining o‟lchovsiz katta 
yig‟indisidan foydalanish imkonini yaratadi.
Vektorlash va gibrid tahrirlashning universal va tor ixtisoslashgan dasturlari 
mavjud, ularning eng taniqlilari quyida ko‟rsatilgan. 

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin