123
uyg‟otsa, u tushuntirish talab etishi mumkin (bu vazifani rasmda ko‟rsatilmagan
tushuntirishlar pastki tizimi bajaradi).
34-rasm. Ekspert tizimi tarkibi
Bilimlarni o‟zlashtirish moduli, agar u ETga qo‟shilgan bo‟lsa, induktiv
chiqarish tamoyilida faoliyat ko‟rsatadi; bunday modullarni ishlash endi
boshlanayapti, shuning uchun ko‟pchilik mavjud ETlarda u yo‟q bo‟lishi mumkin.
Ekspert tizimlarini yaratish – kompyuter
dasturlarini yaratish, ma‟lumotlar
bazalarini, axborot-izlash tizimlarini ishlab chiqishga nisbatan kamroq shakllangan
jarayon. Buning sababi, ushbu sohaning yoshida (ETlar 30 yilga yaqin vaqtdan
ЭТ маркази
Foydalanuvchi
so‟rovi
Bilimlar
bazasi
taxrirchisi
Ekspertlardan olinadigan bilimlar
Ма‟lumot-
lar bazasi
Bilimlarni
o‟zlashtirish
moduli
Bilimlar bazasi
(bilim sohasi
bo‟yicha ma‟lum
dalillar, ushbu
bilimlarni
ko‟rsatuvchi
formal qоidalar)
Foydalanuvchi
interfeysi
Foydalanuvchi
tushuntiruvchi
Ciqarish mexanizmi
(interpretator,
rejachi)
124
buyon ishlanmoqda) emas, balki, turli xil bilim sohalarida kelib chiqadigan, yomon
formallashtiriladigan masalalarning xilma-xilligidadir.
Shunga qaramasdan ET yetarlik darajada keng qo‟llaniladi; ularni quyidagi
turlar bo‟yicha klassifikatsiyalash mumkin:
- interpretatsiya (kuzatilayotgan ma‟lumotlar bo‟yicha vaziyatlarni baholash);
- bashoratlash (berilgan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin bo‟lgan
xulosalarni
chiqarish);
- tashxislash (diagnostika, texnik tizim ishidagi yoki inson organizmidagi
buzilishlarni kuzatishlar ma‟lumotlari asosida chiqarish);
- loyihalash (belgilangan cheklashlarni qoniqtiradigan obyektlarning shaklini
qurish);
- rejalash (ko‟zlangan maqsadga erishish uchun
xarakatlar rejasini ishlab
chiqish);
- nazorat (xavf yoki kutilmagan vaziyat to‟g‟risida ogohlashtirish berish);
- tuzatish (faoliyatdagi kamchiliklarni tuzatish bo‟yicha tavsiyalar berish);
- ta‟mirlash (tizimda aniqlangan kamchiliklarni tugatish);
- o‟qitish;
- boshqarish (tizimni o‟zgaruvchi sturlioitlarga moslash).
Hozirgi vaqtda o‟z ichiga 6 asosiy bosqichni oladigan ETni yaratishning
ma‟lum
texnologiyasi
shakllandi:
identifikatsiya,
kontseptualizatsiya,
formalizatsiya, bajarish, sinash va tajribali foydalanish.
Dostları ilə paylaş: