Identifikatsiya
bosqichi bo‟lg‟usi ET yechishi kerak bo‟lgan masalalarni
tushunish va unga qo‟yiladigan talablarni shakllantirish bilan bog‟liq.
Ushbu bosqichda tizim nima qiladi va qanday resurslardan foydalanish kerak
degan savolga javob olish kerak (masalani identifikatsiyalash, loyihalash jarayoni
ishtirokchilarini va ularning o‟rnini aniqlash, resurslar va maqsadlarni ko‟rsatish).
Masalani identifikatsiyalash uning shaklsiz (verbal) bayonnomasini
tuzishdan iborat bo‟lib, unda quyidagilar ko‟rsatiladi: masalaning umumiy tavsifi;
uning ichida ajratiladigan bo‟lak masalalar; kalitli tushunchalar (obyektlar),
125
ularning kiruvchi va chiquvchi o‟lchamlari; yechimning taxminiy ko‟rinishi hamda
yechilayotgan masalaga tegishli bilimlar.
Kontseptualizatsiya
bosqichida muammoli soha mazmunli taxlil qilinadi,
foydalaniladigan tushunchalar va ularning o‟zaro aloqalari ko‟rsatiladi, masalani
yechish usullari aniqlanadi. U bilim sohasining o‟z ichiga asosiy qoidalar va
munosabatlarni oladigan modelini yaratish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda
masalaning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: foydalaniladigan ma‟lumotlar turla-
ri; boshlang‟ich va chiqariladigan ma‟lumotlar, umumiy masalaning ichki masala-
lari; foydalaniladigan strategiyalar va gipotezalar; obyektlar orasidagi o‟zaro
aloqa-lar turlari; foydalaniladigan munosabatlar turlari (iyerarxiya, sabab-oqibat,
bo‟lak-butun va sh.o‟.); yechish davrida foydalaniladigan jarayonlar; yechishni
bajarish uchun zarur bilimlar tarkibi; yechish davrida foydalaniladigan
jarayonlarga qo‟yi-ladigan cheklashlar turlari; qabul qilingan yechimlarni asoslash
uchun foydalanila-digan bilimlar tarkibi.
Formalizatsiya
bosqichida barcha kalitli tushunchalar va munosabatlar
qandaydir formallashtirilgan tilda bayon etiladi, u yoki mavjud tillar orasidan
tanlanadi, yoki yangidan yaratiladi. Boshqacha aytganda, ET masalasini tanlangan
formal tilda yechish bayonini shakllantirish asosida, deklarativ va protsedura
bilimlarini taqdim etish usullari va ko‟rsatish vositalari tarkibi aniqlanadi.
Xususan, bilimlarni taqdim etish usullari (Freymalar, sahnalar, semantik tizim va
sh.o‟.), ularni manipulyatsiyalash usullari (mantiqiy xulosa, analitik model,
statistik model va boshq.) va ularni interpretatsiyalash ko‟rsatiladi.
Professional bilimlarni formallashtirishning asosiy muammolaridan biri to‟la
yoki qisman bajarilishi mutaxassis bo‟lmagan ijrochiga yuklanishi mumkin
bo‟lgan masalani aniqlashdir.
Ekspert tizimlarida yechiladigan masalalarning formallashtirilganligi,
ETlarning tugallangan nazariyasi va ularni loyihalashning metodologiyasi yo‟qligi,
loyihalash jarayonida, ishlab chiqaruvchilarning ushbu muammoli soha
to‟g‟risidagi bilimlari ko‟payishiga qarab, ETlarni yaratish tamoyillari va usullarini
takomillashtirish zaruratiga olib keladi. Akademik G.S. Pospelov aytganidek
126
«ekspert tizimlarini yaratish oddiy buyurtmachi - bajaruvchi tizimi bo‟yicha
borishi mumkin emas… Buning mumkin emasligiga sabab, aniq ekspert tizimi
to‟ldirilishi kerak bo‟lgan bilimlar bajaruvchida emas, balki buyurtmachidadir…»
Professional bilimlarni formallashtirish - bu yuqori malakali mutaxassislar
tajribasini umumlashtirish, loyihaviy masalalarni yechish usullarini va ularning
cheklashlarini umum qabul qilingan texnologik bayonlash qoidalari bo‟yicha
rasmiylashtirishdir. Shunday bayonnomalarni tayyorlash imkoniyatidan kelib chi-
qib, loyihaviy masalani yaxshi va kam formallashtirilgan turlarga bo‟lish mumkin.
Yaxshi
formallashgan
deb
shunday
masalalarga
aytiladiki,
ular
yechilishining ketma-ketligi tartibi shunchalik to‟la va tushunarli yozilganligi sa-
babli, umuman mutaxassis bo‟lmagan bajaruvchi ham ushbu bayonnomadan foy-
dalanib, malakali mutaxassis ishtirokisiz, qanoatlanarli yechimni olish imkoniyati-
ga ega bo‟ladi. Bunda yechim shakli va mazmuni bo‟yicha faqat aytilgan bayon-
nomaga va boshlang‟ich ma‟lumotlarga bog‟liq bo‟ladi (yaxshi formallashtirilgan
loyihaviy yechimning tipik namunasi-injenerlik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar).
Kam formallashgan
masalalarda faqat ayrim xarakatlarni bajarishning
ketma-ketligini yozib ko‟rsatish mumkin. Bunday hollarda mutaxassis bo‟lmagan
bajaruvchi bayonnomadan foydalanib, zarur bo‟lganda malakali mutaxassisdan
maslahat olib turishi kerak. Mos tarzda olingan natija nafaqat bayonnoma va
boshlang‟ich ma‟lumotlarga, balki masalani yechishda qatnashayotgan
mutaxassisning tajribasi va malakasiga ham bog‟liq bo‟ladi.
Qayd etish zarurki, yer tuzishning ko‟plab loyihaviy masalalari kam
formallashtirilgan ko‟rinishda bo‟ladi. Masalan, almashlab ekish hududini tashkil
etishning grafikaviy qismini ishlashda printsipial ahamiyatga ega qarorlarni qabul
qilish uchun juda yuqori malaka talab etiladi va shu bilan bir qatorda, oddiy yaxshi
formallashtirilgan xarakatlar ham bor (me‟yoriy ma‟lumotlarni yig‟ish, loyihaviy
yechimlarni iqtisodiy asoslash va boshq.)
Bajarish
bosqichi maqsadi - talab etilgan masalalarni yechuvchi ETning
bitta yoki bir necha turlarini yaratishdir. O‟xshash turlarini (prototiplarni) yaratish,
uning bo‟laklarini dasturlashdan yoki ularni ma‟lum asbob vositalaridan
127
tanlashdan hamda bilimlar bazasini to‟ldirishdan iborat. Prototip ETga kiritilgan
bilimlarni taqdim etish g‟oyalari, metodlari va usullarining yechilayotgan
masalalarga mosligini tekshirishni ta‟minlashi kerak. Prototipni yaratish taqdim
etishning tanlangan yechish metodlari va usullari, juda bo‟lmaganda, ushbu bilim
sohasining qator masalalariga yaroqli ekanligini tasdiqlashi hamda bilimlar bazasi
kengayishi sari shu turdagi barcha masalalarning yuqori sifatli va samarali
yechimlarini olish tendentsiyasini namoyon etishi kerak.
Sinash
(testlash) bosqichida bilimlarni taqdim etishning tanlangan usulini va
ET ishini to‟la baholash amalga oshiriladi.
Tajriba foydalanishi
bosqichida ET ning foydalanuvchilar uchun yaroqliligi
aniqlanadi.
Ekspert tizimlariga ham foydalanuvchi so‟rovi bo‟yicha, ham so‟roviga
bog‟liq bo‟lmagan hollarda ma‟lumotlarni taxlil qilish, korrektsiyalash (to‟g‟ri-
lash), sintez qilish va qaror qabul qilishni hamda qator analitik-klassifikatsiya
vazifalarni bajarishni amalga oshirishga qodir ma‟lumotlar va bilimlar bazalariga
ega, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mustaqil sinfi sifatida qarash kerak.
Xususan, ETlar kiruvchi ma‟lumotlarni guruhlar bo‟yicha taqsimlashni,
maslahat berishni, xulosa qilishni, tashxis qo‟yishni, bashoratlashga o‟rgatishni,
masalalar
va
obyektlarni
identifikatsiyalashni,
olingan
natijalarni
interpretatsiyalashni va sh.o‟. bajara olishi kerak.
Ekspert tizimlarini an‟anaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan
birlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday komleks tizimning ekspert
qismi zarur ma‟lumotlarni, ularga ishlov berish usullarini, turli xil ma‟lumotlar
bazalaridagi ma‟lumotlarni sifatli qidiruvni ta‟minlash uchun qo‟shimcha vosita
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |