133
2.
ETni yaratishning asosiy bosqichlarini sanab bering.
3.
Sun‟iy intellekt tizimini ishlashda qanday turlardagi instrumental vositalardan
foydalaniladi?
4.
ETning boshqa avtomatlashtirilgan axborot tizimlari oldidagi ustivorligi
nimalardan iborat?
5.
Yer tuzish ekspert tizimiga qisqacha ta‟rif bering.
IX- BOB.
«PANORAMA» GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
YER TUZISH VA YER KADASTRI ISHLARINI ATOMATLASHTIRISHDA
FOYDALANISH
9.1. Panorama majmui tarkibi
Panorama majmui 4 ta geoaxborot texnologiyasini: professional
GAT karta
2008, ishlovchining instrumentariyi Gis Toolkit, kadastr tizimi «Er va huquq»,
vektorlovchi Panorama – taxrirchi va boshqa GAT lar bilan ma‟lumotlar almashish
uchun konvertorlarni (DXF/DBF, MIF/MID, Shape, S57/S52, SXF,
GEN va
sh.o„.), maxsus ishlovlarni (boshqarish, aloqa, navigatsiya, ekologik monitoring va
boshq.) o„z ichiga oladi.
Barcha texnologiyalar foydalanuvchilar uchun ochiq. Har xil almashish
formatlari qo„llab-quvvatlanadi, elektron kartalar klassifikatorlarini
rostlash
ta‟minlanadi, koordinatalarning va kartalar proeksiyalarining har xil tizimlari
qo„llab-quvvatlanadi. Ko„plab dasturlar boshlang„ich
matnlarda keltirilgan, tizim
markazi kutubxonalari Windows CE, Linux (MC BC), QNX, OC PB 2 tizimlariga
ko„chirilgan, Intel, Spars, Mips protsessorlari, Borland S++, Microsoft Visual S++,
Watcom S++, GNU S++ translyatorlari qo„llaniladi.
API – kutubxonalar interfeysi ochiq bo„ladi.
Haraktdagi ilovalarni ishlash uchun kutubxonaning
maxsus versiyasi va
ma‟lumotlarning kompakt formati qo„llanadi.
Boshlang„ich ma‟lumotlarni tayyorlash va ishlash Windows/Intel
platformasida bajarilishi, ilovalarni bajarish esa
mobil qurilmalarda amalga
oshirilishi mumkin.