217
deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va
ularga qarab turish
tushuniladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar
to‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar
to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun
ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda
amalga oshiriladi.
13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
60. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun
hujjatlarida, ushbu nizomda, shuningdek,
maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
61. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha o‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan
nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi tomonidan
tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
62. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan
va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
rahbari hisoblanadi.
63. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi
hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv
kengashi va muassisi
oldida hisob beradi.
64. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik
qiladi va muassis oldida hisob beradi.
65. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari
hisoblanadi:
Pedagogika kengashi; Kuzatuv kengashi.
66. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogika kengashi:
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish
masalalarini ko‘rib chiqadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini
va pedagog xodimlarining
pedagogik yuklamasini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini
baholaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy
vakillari bilan hamkorligi
tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish,
ularning
ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or
pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish
masalalarini ko‘rib chiqadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogika
kengashi qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va
o‘qitishda ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning
tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari,
shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.
67. Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi:
218
maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilaydi
;
maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan
nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek,
uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda
kiritadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish
yuzasidan ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar
va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan
foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog
xodimlar va boshqa xodimlar
faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti
xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil
etish tartibi o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
belgilanadi.
68. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari
qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek,
mehnat shartnomasida belgilanadi.
69. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan
malaka talablari o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: