220
18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim
tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha;
tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha;
bola maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda
amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy
vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun
ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.
19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining
ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning
quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy
bepul tayyorlov guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har
tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish
maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30
nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi 5-6
yoshdagi bolalar uchun (umumta’lim muassasalariga qabul qilishdan bir yil avval)
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim
va tarbiya olishida yordam berish maqsadida, shuningdek, bolalarni umumta’lim
muassasalarida o‘qishga tayyorlash va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil
etiladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi ko‘pi
bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi ko‘pincha
maktabgacha ta’lim
tashkilotlari negizida, shuningdek, bo‘sh turgan xonalar
bo‘lsa – umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, «Barkamol avlod» bolalar
markazlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, madaniyat markazlari,
bolalar musiqa va san’at maktablari negizida tashkil etiladi;
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos
ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy
vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning
bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi
uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar
uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish
masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. kechki,
dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli
guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.
21. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa
muddatli guruhlar uchun
quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun – 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
221
ikkita guruh uchun – 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti
quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayoti himoya
qilinishini va sog‘lig‘i mustahkamlanishini tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va
vositalarning
bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari,
qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;
bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan
holda tayyorlash sifati;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda
ta’minlamaslik.
Dostları ilə paylaş: