225
tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
21. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilotlar:
bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-
gigiyena meyorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi
va ularga rioya etilishini
ta’minlashi;
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi
va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan
shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari,
qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;
bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish
uchun zarur
shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim
muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni
muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va
reabilitatsiya tadbirlarini
o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi;
qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun
mo‘ljallangan guruhlarni umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
qo‘yiladigan talablarga muvofiq, jismoniy yoki psixik
rivojlanishida nuqsonlari
bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha
tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirishi shart.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi
mumkin.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilotda bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va
sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya,
korreksion-pedagogika hamda
reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga
maslahatlar bilan yordam berish;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda
va belgilangan hajmda
ta’minlash;
ushbu nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli
davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. o‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni
o‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi va qonun hujjatlariga zid
harakatlarni
sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.