6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish 25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar
yil davomida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan
xulosasi;
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga
oshiriladi.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalar:
bola qonuniy vakilining arizasi;
o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
vakolatli organ bergan yo‘llanma (qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti
uchun);
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul
qilinadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan
guruhlarga, shuningdek, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv
guruhlariga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar:
bola qonuniy vakilining arizasi;
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan
xulosasi;
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul
qilinadi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga
mo‘ljallangan hamda inklyuziv guruhlarda bo‘lish davri, korreksion ishlari muddati
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
asab tizimining organiq shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab
turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va
dekompensatsiya bosqichi.