227
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma
tipdagi
maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni o‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi
asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va
boshqa) dastur bilan belgilanadi.
30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va
jadvali bilan tartibga solinadi.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilot qonun hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim
berish va
tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
32. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yo‘nalish
asosida bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi.
33. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga
quyidagi
tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi:
ta’limning korreksion yo‘naltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maxsus metodologiyasidan va
toifalangan yondashuvdan foydalanish.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi.
35. Bolalar tashkilotda bo‘ladigan muddatga qarab
ixtisoslashtirilgan
maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:
qisqa muddatli guruhlar (kuniga 3,5 – 4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 10,5 va 12 soatgacha);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning bo‘lish
muddati uning
ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot va
bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
bola ushbu tashkilotga
joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus maktabgacha ta’lim bo‘yicha tegishli
malakaga ega pedagog xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan
maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-
tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga
oshiriladi.
39. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda «Davlat tili to‘g‘risida»gi o‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: