228
bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot
xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
41. nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi
nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi
tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma
asosida o‘tkaziladi.
42. Tibbiyot xodimlari o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining
rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik
nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy
moslashuvga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi.
43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini
o‘tkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olib yakka
tartibda o‘tqaziladi.
44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda bolaning bo‘lish muddati tugaganidan so‘ng uning qonuniy vakillari
yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik
nuqsonlari bo‘lgan har bir bolaning tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi.
45. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya
instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi
hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sog‘liqni
saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sog‘liqni saqlash muassasalarida
bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi
nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sog‘liqni saqlash organlarining
muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: