Педагогика indd


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma tipdagi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi 
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotini boshqarish qonun hujjatlariga, ushbu nizomga va mazkur 
tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti rahbari.


232
nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotlar o‘z boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.
69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti pedagogika kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini 
ko‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik 
yuklamasini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini 
belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy 
tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik 
tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish 
masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagogik xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda 
ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu 
tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, 
nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi. 
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotining kuzatuv kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar 
orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan 
ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan 
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, 
byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish 
to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga 
taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat ixtisoslashtirilgan 


233
maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti 
xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham bajarishi mumkin. 
71. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi 
o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
72. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkilotiga o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi bilan kelishgan holda o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan 
kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
73. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan 
va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
tashkilotning yoki qo‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari 
hisoblanadi.
74. Mudir davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat 
maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi
75. Direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qo‘shma 
tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis 
oldida hisob beradi.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida 
belgilanadi.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilot rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari o‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda psixolog, tibbiyot va pedagog xodimlardan iborat tibbiy-psixologik-
pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat ko‘rsatadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi:
bola qabul qilinganda uning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati 
va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya 
tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan individual yo‘nalishni ishlab chiqadi;
individual yo‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini 
aniqlaydi va zarurat bo‘lsa, unga o‘zgartishlar kiritadi;
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o‘ziga o‘zi 
xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-
tarbiya dasturlarini o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda bo‘lgan muddat davomida uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga 
qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqadi;
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bolaning 
bo‘lish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini 
tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi 


234
maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu 
tashkilotlarda bo‘lishini davom ettirish yuzasidan uni Tibbiy-psixologik-pedagogik 
komissiyaga tekshiruvga yuboradi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin