Педагогика indd


-bob. Yakunlovchi qoidalar



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

13-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil 
etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
80. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog 
xodimlar va tibbiyot xodimlari amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-ilova
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qaroriga 1-ILOVA 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish 
tartibi to‘g‘risida nIZoM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom 
ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu nizom talablari davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga (keyingi 
o‘rinlarda maktabgacha ta’lim muassasalari deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha 
ta’lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o‘rinlarda oshxona deb ataladi) 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar 
yaratilgan holda amalga oshiriladi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil 
etishning maqsad va vazifalari 
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning 
maqsadi tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash, 
oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik 
talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi. 
4. Quyidagilar maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni 
tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga muvofiq holda ovqatlanishni tashkil etish; 
tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning 
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilish.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin