8-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borish 42. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari maktabgacha ta’lim
muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borishda:
maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish
yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, tarbiyalanuvchilarning oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilib boradi;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari
huzuridagi yig‘ilishlarda prokuratura, moliya, sog‘liqni saqlash, maktabgacha
ta’lim bo‘limlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib boradi;
oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq
bo‘lmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi.
43. hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan
maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari
va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi
tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida 44. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga
muvofiq javob beradilar.
6-ilova Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom
ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nIZoM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida
sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda muassasa
deb ataladi) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish sanitariya
qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan
holda amalga oshiriladi.
3. Ushbu nizom talablari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha
turdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom
ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy
tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda autsorser deb ataladi) taalluqli
hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishning
autsorsing usulini joriy etish ustuvor hisoblanadi.