Педагогика indd


-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

2-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad 
va vazifalari
4. Muassasada autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishning maqsadlari 
quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarni to‘laqonli sog‘lom ovqatlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash 
va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlash;


242
sifatli taomlar tayyorlash orqali tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol 
o‘sishini ta’minlash; 
taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish;
tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 
talablariga muvofiq sog‘lom ovqatlantirish;
muassasalar rahbarlarini ta’limga oid bo‘lmagan vazifalardan ozod qilish va 
ta’lim samaradorligini oshirish.
5. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning vazifalari 
quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan talablarini inobatga olgan holda, ularning ratsional ovqatlanishini 
ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tarbiyalanuvchilarning sog‘lom o‘sishida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zarur moddalar bilan ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi hamda sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning 
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xom 
ashyosini saqlashda, tashishda sanitariya normalari va qoidalariga qat’iy rioya 
qilish.
3-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga 
qo‘yiladigan asosiy talablar
6. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni 
saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida 
belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
7. Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, belgilangan 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida autsorser tomonidan 
tuzilgan, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya markazi va maktabgacha ta’lim 
bo‘limini xabardor qilgan holda bir oylik taomnomalar asosida tashkil qilinadi.
8. Autsorser xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan 
taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va 
gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlari tomonidan taom tayyorlash 
texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishiga, oshpazlarning har uch yilda bir marta 
malaka oshirishiga, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga qo‘yilishiga shaxsan mas’ul 
hisoblanadi. 
9. Muassasa oshpazlarining malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab 
chiqilgan o‘quv rejasi va dasturi asosida tashkil etiladi hamda autsorser tomonidan 
moliyalashtiriladi. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin