22
amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan,
milliy va
umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog‘lom bolani
tarbiyalashdan iborat. Takomillashtirilgan «Bolajon» tayanch
dasturi О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriligining 2016-
yil 28-yanvardagi 1-sonli hay’at yig‘ilishida tasdiqlangan [11].
Dasturning vazifasi
bolani jismoniy,
aqliy hamda ijtimoiy-
hissiy jihatdan kamol toptirish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; erkin
fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy
jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli
yashaydigan komil inson qilib voyaga
yetkazish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratishdan iborat.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanilgan:
maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning demokratikligi;
bola shaxsiga yо‘naltirilganligi;
bolani sog‘lomlashtirishga
qaratilganligi;
bolaning qobiliyati, ehtiyoji,
imkoniyatiga mosligi;
maktabgacha ta’limda о‘yin faoliyatining yetakchiligi;
maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
maktabgacha ta’limning
ijtimoiy turmush bilan mosligi;
maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan
uzviyligi.
Muassasa dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi
sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qо‘ygan:
ijodkorlik, tasavvur eta olish,
zukkolik;
mustaqil fikrlash layoqatiga ega bо‘lish;
muammolarni aniqlash va ularni hal etish yо‘llarini topishga
intilish;
jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq
qaramaslik.
Dostları ilə paylaş: