9
samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan ekanligini e’tirof
etish joizdir. Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati
har bir pedagogning о‘z imkoniyati darajasida, shuningdek,
turli
yoshdagi ta’lim oluvchilarning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga
olgan holda, о‘quv faolligini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida
interfaol metodlardan samarali foydalana olish bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda о‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har
tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga
qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish
bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek,
maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim
muassasalari sonini yanada oshirish va ular kо‘rsatadigan xizmatlar
turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bо‘ldi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini
ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini
rivojlantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini
tashkil etish tо‘g‘risida» 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son
qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-
sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PF-5198-son
Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
5-apreldagi «Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish
va rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-3651-son
Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-
yil 24-avgustdagi «Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy
maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tо‘g‘risida»gi 681-
son Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
tо‘g‘risida Nizom, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 30-sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ–3955-son
qarori, О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
Maktabgacha ta’lim – bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda
о‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini kо‘zlaydi.
10
Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk
shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi [1].
Maktabgacha ta’lim vazirligi о‘ziga yuklangan vazifalarga muvo-
fiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi (1.1-jadvalga qarang):
Dostları ilə paylaş: