72
tilida so‘zlovchi tarbiyachi ham bo‘ladi. Bunda bolalar ham ota-
onalarining tilini, ham nemis tilini o‘rganadilar. Rus-nemis bog‘cha-
larida ko‘pincha Rossiya mualliflarining dasturlaridan foydalaniladi.
Unda Rossiyada nishonlanadigan an’anaviy – Maslennitsa, 8-mart,
Yangi yil kabi ko‘p bayramlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar ham bor.
shuningdek, Germaniyada Valdorf bolalar bog‘chalari va Montessori
tizimida ishlaydigan bolalar bog‘chalari ham mavjud. Agar o‘rta
statistik nemis bolalar bog‘chasini olsak, uning faoliyati loyihalar
tamoyili asosida tashkil etilganligi namoyon bo‘ladi. Masalan, «kasb»
loyihasi davrida bolalar tarbiyachi bilan ekskursiyalarga boradilar,
turli narsalar yasaydilar, teatrlashtirilgan sahnalar qo‘yadilar, pechenye
pishiradilar, loydan narsalar yasaydilar va hokazo. Bolalar stulchalarda
o‘tirib tarbiyachini eshitadigan turdagi mashg‘ulotlar yo‘q. Bolalarga
ko‘p erkinlik beriladi. Ular istagan narsani qilishlari, kiyimlarini iflos
qilishlari, butun maydonda sakrashlari va yugurishlari mumkin. Bolalar
bilan ishlashga bunday yondashishning ko‘p ijobiy va salbiy tomon-
larini topish mumkin. Lekin ota-onalar oldida konsepsiya, nazariya
va g‘oyalardan iborat katta tanlash huquqi bor. Ular farzandlarini bola
uchun eng qulay bog‘chaga berishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: