Педагогика indd


Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’limning



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’limning 
variativ shakllari
Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktab-
gacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni ri-
vojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan 
tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namo-
yon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va 
ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari 
asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, 
muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik 
qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan (5.2-jadvalga qarang) [17; 
32-43-b.]. 
Jahon ta’lim tajribasida differensial 
va integratsion ta’lim masalalari
Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil 
respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-
siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish 
tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni о‘zaro aloqadorligi va о‘zaro 
munosabatlariga bog‘liq. Chunki ularning barchasi mohiyati
mazmuni, tabiati, shakli va kо‘lamiga kо‘ra tizimlilik xarakteriga 
ega bо‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, 
yechimi topiladi. Bu о‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli 
yondashuvdan foydalanishni kо‘zda tutadi. 
Kо‘p sonli manbalar, xususan, pedagogik amaliyot sohalarining 


87
tahlili ta’lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga tо‘siq bо‘layotgan 
muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning 
fikrimizcha, о‘rganilayotgan obyektlarning ba’zi bir jihat va 
xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida о‘rganish natijasida 
yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. 
Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ 
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda «Integratsiya» 
tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qо‘llanilishiga 
qaramay, unga davr taqozosiga kо‘ra yaqin paytlargacha yetarli 
ahamiyat berilgan emas [26; 92-b.]. 
Ilmiylik nuqtayi nazaridan olib qaraganda integratsiyaning 
asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)
larning о‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli
rus psixologik olimi G.S.Kostyukning fikricha: «Tabaqalanish 
differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni 
kо‘payishiga olib kelsa, integratsiya – tartibga keltirish, 
subordinatsiya va uning natijalarini ma’lum ketma-ketlikda 
joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yо‘li bilan yangi 
psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bо‘ladi. Bu yangi 
tuzilma ilgari alohida-alohida bо‘lgan elementlardan sintezlash 
yо‘li bilan hosil qilinadi». Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, 
predmetlararo aloqadorlik, о‘zaro aloqadorlik va nihoyat о‘zaro 
bir-birini tо‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, 
о‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari 
darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy 
darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi 
darajasi, о‘rganilayotgan о‘quv predmetlari doirasida ma’lum 
didaktik birliklar orasida о‘rnatilib, ularni о‘rganish mazmunini 
va muddatlarini muvofiqlashtirishni kо‘zda tutadi, bundan farqli 
о‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan о‘quv 
predmeti yoki integratsiyalab о‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki 
jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va 
munosabatlar nuqtayi nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu о‘z 
navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil 
fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat kо‘rsatuvchi, malakali mutaxassis 
shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u tahsil oluvchilardan 
faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan 
chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, 


88
turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli 
aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, 
modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini 
talab etadi [26; 93-b.]. Bu operatsiyalar о‘rganilayotgan obyektni 
barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), 
mohiyati va mazmunini anglab yetish va ularni umumlashtirish 
orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning 
ikkinchi tomoni bо‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga 
tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha. 
Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar 
quyidagi yо‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: 
a) о‘quv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni 
integratsiyalab о‘rganish; 
b) turli о‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning 
faoliyatlarini integratsiyalash; 
v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash 
va shu kabilar. 
Bu yо‘nalishlarning har birining aniq о‘z maqsadi bо‘lib, uni 
amalga oshirish uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni 
talab etadi. Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina 
kо‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini ham shu о‘rinda eslatib 
о‘tish lozim. 
Pedagogika fanida XX asrning 80-yillaridan boshlab integratsiya, 
«о‘zaro aloqadorlik», «о‘zaro ta’sir», «sintez» kabi tushunchalar 
qо‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bо‘lib, ta’lim-tarbiya ishida 
integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan. hozirgi 
paytga kelib ta’lim-tarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi 
xususiy fanlar doirasida chegaralanib qolmasdan, umumpedagogik 
ahamiyatga ega masalaga aylandi. 
Integratsiya (lot. Integeration – tiklash, tо‘ldirish, birlashtirish. 
Integer – yaxlit) sintezlab bir butun qilib birlashtirmoq, mantiqiy 
yaxlit holga keltirmoq ma’nosida tushuniladi. Ta’lim mazmunini 
integratsiyalash deganda о‘zaro uzviy aloqador, bir-birini taqozo 
etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan о‘quv predmetlari 
mazmunini sintezlash, ya’ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) 
holga keltirishni tushunamiz [26; 94-b.]. 
Integratsiya (mujassamlashtirish) va differensiatsiya 
(tabaqalashtirish) bir-biridan ajralgan holda mavjud bо‘lmaydi, biri 


89
ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi, balki ular har doim bir vaqtni 
о‘zida о‘rganilayotgan obyektning ikki tomoni sifatida namoyon 
bo‘ladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma’lum ustunlikka 
ega bо‘lishi ham mumkin. Masalani ikki tomonini fan-texnika 
taraqqiyoti natijasida qishloq xо‘jaligini ishlab chiqarishida turli 
kasblarning paydo bо‘lishi, ya’ni tabaqalanishini, mexanizatsiya, 
avtomatizatsiya va yana qо‘shma kasblar yoki keng ixtisosli 
mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini kо‘rsatish 
mumkin. 
Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy 
bilimlarining о‘zaro ta’siridan farqli о‘laroq quyidagi yо‘nalishlarda 
kechishi mumkin: 
alohida olingan fan doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida
fanlararo о‘zaro aloqadorlik doirasida, ya’ni bir yoki bir necha 
sohalar doirasida; 
maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar. 
Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan yо‘nalishlar uyg‘unligini integrativ 
yondashuv sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq 
nisbatan mustaqil qismlarda kechayotgan jarayonlarni birlashtirish 
– integratsiyalashtirishning natijasi bо‘lishi mumkin. 
Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim 
ahamiyatga ega bо‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb 
ataladi. 
Tizimlashtirishdan kо‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy 
aloqadorlikni tartibga keltirish yо‘li bilan yaxlitlikni yuzaga 
keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bо‘ladigan yaxlitlik 
yangi sifat kо‘rsatgichlariga ega bо‘ladi. Integratsiyalashtirishning 
mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish 
natijalariga erishishdir [26; 95-b.].
Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab о‘rganish quyidagi 
masalalarni hal etishga qaratilgan: 
mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab о‘rganishning 
mohiyati, mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va 
vositalarini о‘rganish; 
turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiy-nazariy 
va pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish; 
t
ahsil oluvchilarning о‘quv-bilish faolligi, mustaqilligi va 


90
bilimlar darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini 
isbotlash; 
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texnik-texnologik 
bilimlarni sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash. 
Kо‘p hollarda ta’lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli 
va majmuaviy yondashuvlar sinonim sifatida talqin etiladi. 
Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini о‘rganilayotgan 
obyektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi. Lekin 
ular bir-biridan mohiyatiga kо‘ra ham farqlanadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida integrativ yondashuvni amalga oshirish 
tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit obyektning ichki va tashqi 
aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan 
holda olib borilishi mumkin. kichik mutaxassislarni tayyorlashda 
integrativ yondashuv mutaxassislikka oid bilim, ish-harakat usullari 
va shaxsiy safat hamda fazilatlarni yaxlitligini ta’minlash uchun 
qо‘llaniladi. 
Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy 
bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va 
kengaytiruvchi о‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qо‘llanilib, 
yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy 
sifatlarni tarkib toptirishni kо‘zda tutadi [26; 96-b.].

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin