156
11-BOB.
MTM TA’LIM DASTURI VA UNI TUZISH TALABLARI
Reja:
11.1. MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar.
11.2. namunaviy o‘quv rejasi va soatlar miqdori.
11.3. 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
MTM ta’lim dasturi, namunaviy
o‘quv rejasi,
soatlar miqdori, rivojlanish xaritasi.
MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar
Ta’lim dasturi – MTM Davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan
yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga
xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan
maqsadlarga
erishishni ta’minlashi lozim.
Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar
(mutaxassislar) o‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablariga
muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul
va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish
yo‘llarini belgilaydilar.
Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari
tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. har ikki qism
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat talablarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan o‘zaro bir-birini
to‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi
barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom
turmush
tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari;
bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda
ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda
tutadi. Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida bolalar
rivojlanishining muayyan
sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini
hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini
qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim. Dastur
uchta asosiy
bo‘limni qamrab oladi (11.1-jadvalga qarang):