Педагогика indd


-jadval Dastur bo‘limlari



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

11.1-jadval
Dastur bo‘limlari

Dastur 
bo‘limlari
Dastur bo‘limlarining mazmun-mohiyati
1
maqsadli
tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining reja-
lashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim
2
mazmunli Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar 
shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim
3
tashkiliy
Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim 
va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan 
ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, 
bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi 
bo‘lim
Dastur MTMning pedagogik kengashida muhokama qilinadi va 
mudir buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagi tarkiblardan iborat:
Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha 
qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar 
ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga 
oladi. Ularning ta’rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq 
va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq 
ifodalashi lozim. 
Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda 
Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan meyoriy-huquqiy hujjatlar, 
shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, 
metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, quyidagilar ham ta’riflanishi lozim: 
dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga 
oid ruhiy va individual xususiyatlari; 
dasturning maqsadi; 
dasturning vazifalari; 
dasturni amalga oshirish muddati; 
asosiy tamoyillar; 
bola shaxsining asosiy tavsiflari. 
Dasturning maqsadli
yo‘nalishlari ta’rifi maktabgacha ta’lim 
muassasasining Davlat o‘quv dasturi hamda o‘zbekiston Respub-
likasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘-
yilgan Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi 
lozim. 


158
Mazmunli bo‘lim
ga bola rivojining beshta ta’lim sohasi 
yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: 
ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim 
faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), 
ta’lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil 
qilish shakllari. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin