Педагогика indd



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog‘imni kim olsa,
Men u bilan chin o‘rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po‘choq.
Qilichmi, to‘qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq,
To‘qmoq, to’qson yilgacha o‘rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o‘stirishga yordam bera-
digan o‘yin turiga «sanamalar» kiradi. Bu o‘yin jarayonida bolalar 
she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida foydalanib 
qatnashadilar. Bunda bolalarning tasavvurlari, fikrlash doiralari 
kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob qaytarishga o‘rgatilib 
boriladi. Asosan, bu o‘yinlar quyidagicha jaranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog‘chaga ketar,
Sanab ko‘r chaqqon,
Bizlar nechta jon.
o‘zbek xalqi nihoyatda so‘zga chechan, topqir bo‘lib, o‘zining 
alyor-u qo‘shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq 
rasida mashhur bo‘lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida keltirish 
mumkin. Bu so‘z o‘yinlarida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, 
kechinmalar she’riy ohangda ijro etiladi. Masalan [13; 70-b.]:
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq. 
Yoki:


181
Echki keladi ma’rab,
O‘z egasiga qarab.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinlarni ertalab va kechki soatlarda 
o‘ynash mumkin [13; 71-b.].
Kichik yoshdagi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish. 
O‘yinchoq va uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati
O‘yinchoq
– bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab 
ularga yo‘ldosh quvonch manbayi. o‘yinchoq bolaning o‘ynashi 
uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan 
buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy 
tarzda aks etadi. 
«Qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa - daraxt va 
o‘simliklar bo‘ladimi, turli o‘yinchoqlar uy hayvonlari bo‘ladimi 
- bularning barchasi bolaning ko‘ziga, go‘yoki, olamning beqiyos 
mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni o‘zi uchun 
kashf qiladi», 
deb to‘g‘ri ta’kidlagan edi yurtboshimiz I.A.karimov.
Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab 
chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga 
qaratilgan. o‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, 
lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga kel-
tirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash 
kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. o‘yinchoqlar bolalarda ma’na-
viy-axloqiy tuyg‘ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakl-
lantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi. o‘yinchoqlar 
tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, 
istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv 
o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, 
pedagogik, gigiyenik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin