Педагогика indd


MTTning oila bilan ishlash shakllari. Alohida ehtiyojga ega



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

MTTning oila bilan ishlash shakllari. Alohida ehtiyojga ega 
bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
o‘zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida»gi qonunining 45-moddasida maktabgacha bo‘lgan 


195
yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash berilgan. 
Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa, yetim 
bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning
sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda 
reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek, kam 
ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya 
qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan 
bolalarga qarab turish qisman yoki to‘liq davlat ta’minoti 
asosida amalga oshiriladi. Yetim bolalar va ota-onasining yoki 
boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 
bolalar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Yetim bolalarga va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qarindoshlik 
munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va 
mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini 
tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda o‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, 
protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuning-
dek, boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi [3].
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 
ta’lim faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga 
ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi 
va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi 
rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi 
va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi 
mutaxassislarni jalb etgan holda, bola uning rivojlanishi) uchun 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi [12].

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin