Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

2- bob bo’yicha xulosalar 
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot 
tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini 
qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki
ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida 
bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan 
o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Boshqaruv tizimlari turli-tuman 
boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu 
tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan 
omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni 
hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan 
boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


39 
3- bob. Axborot texnologiyalari 
 
3.1. Axborot texnologiyasi iqtisodiy informatikaning qismi sifatida 
Bozor munosabatlarini shakllantirish bo’yicha olib borilayotgan tub
islohotlarni amalga oshirish, eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga
bog’liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur
o’zgarishlar qilib bo’lmaydi. Bu borada iqtisodiy informatikaning tarkibiy qismi
bo’lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash davr talabidir.
Axborot texnologiyalari
(AT) – bu axborot jarayonlarini (axborotni yig’ish, 
saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish va h.k) turli xil vositalar yordamida 
boshqarishni tashkil etish usullaridir.
Axborot texnologiyalari informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda 
boshqaruv amaliyotini o’tkazish, ishlab chiqarishni boshqarish, ilmiy izlanishlar va 
iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishi, ularning texnik rivojlanishi natijasida 
milliy iqtisodning yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyalari 
iqtisodiy masalalarni hal etishda quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi: 
1.
Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish; 
2.
Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish; 
3.
Ma’lumotlarni kodlashtirish; 
4.
Ma’lumotlarni saqlash va izlash; 
5.
Iqtisodiy axborotni qayta ishlash; 
6.
Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish; 
7.
Qaror qabul qilish, boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish. 
Axborot xususiyatlarini o’rganish hamda inson faoliyatining turli sohalarida 
foydalanish va tarqatish bilan shug’ullanadigan fan 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin