53
Hozirda keng tadbiq etilayotgan
elektron ofis va qarorlar bo’yicha ekspert
madadi
deb nom olgan avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi ham mazkur
guruhga mansub.
3.3-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tasnifi
54
3 -bob bo’yicha xulosalar
Demak, axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi
shundayki, respublikada jahon axborot makonining
infratuzilmalari va milliy
axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimini yaratish
iqtisodiyot, boshqarish, ыan va ta’xlim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda.
Bu muammolar ancha murakkab va ayti paytda respublikamiz uchun dolzarbdir.
Hozirda
olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga
oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning
qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida
gap ketganda, qayta ishlashning materiali
sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon
yoki hodisa tug’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi.
Texnologiya
xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali
namoyon bo’ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni
qamrab oluvchi tarkibiy
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy ele-mentlarining (texnologik
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli
usullar va printsiplar orqali, ikkinchidan,
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun
jalb etish mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Dostları ilə paylaş: