73
Ma’lumotlar bazasini qo’llash ushbu imkoniyatlarni beradi:
so’rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish;
saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish;
axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash;
amaliy dasturlarni o’zgartirmasdan ma’lumotlarni o’zgartirish;
ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash.
Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu - ma’lumotlar bazasida mantiqan
o’zaro bog’langan massivlarni tashkil etishdir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda
ixtisoslashgan samarali dasturiy vosita - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan
foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi
sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar
bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma’lu-motlardan
turli foydalanuvchilar
foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuziliamsi muammo sohasi
ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar ba-
zasidagi mantiqiy o’zaro bog’liqlik ma’lumotlar modeli turiga muvofiq tashkil
etiladi.
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo’yicha alohida
massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish
va yuritish texnologiyasi
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining
boshlang’ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga vazifalarni echish
reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar ma’lum davrda to’planadi. Ma’lum
bir hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob
qilish), to’plangan tezkor hisobot ma’lumotlari yo’q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy
kompyuterida monopol
joylashgan bo’lishi mumkin. Bunday holatda u faqat ma’lum SHK tashqi xotirasiga
joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi
ta’minlanadi.
Kompyuter tarmog’i mavjud bo’lgan holda ko’pchilik foydalaniladigan rejimda
ishlash,
mashina-server
da joylashadigan markazlashgan ma’lumotlar
bazasidan
foydalanish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o’z shaxsiy
kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo’lgan markazlashgan
axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi.
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o’z SHKda lokal ma’lumotlar
bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur
avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo’lgan axborotni saqlaydi.
Kompyuter
tarmog’ida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va jamoa bo’lib foydalanish banklar,
birja, investitsiya jamg’armalari va boshqa bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot ti-
zimlari samaradorligini oshiradi.
74
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda
turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab
chiqishning turli kontseptsiyalari mavjud,
misol tariqasida
fayl-server
va
mijoz-
server
ni keltirish mumkin.
«Fayl-server» kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda
markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va
fayl-server
uchun ajratilgan
kompyuterga mo’ljallangan.
Fayl-server
dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga
jamoa holda kirish unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl
yangilangan taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi.
So’ralgan ma’lumotlar
fayl-server
dan ishchi stantsiyaga o’tkaziladi
va ular
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi (5.1-rasm).
«Mijoz-server» kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma’lumotlarni
ishlab chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina
serveri o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi
va u tarmoq bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So’rov ma’lumotlari
o’sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga
uzatiladi.
Mijoz-server
arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma’lumotlar
bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining
turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi (5.1-rasm).
5.1-rasm. «Fayl-server» va «klient-server» texnologiyalari
Dostları ilə paylaş: