2
T.Xudayshukurov.
Biznes – etiket:
Xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha
oliy maktab talabalari uchun darslik. – Samarqand 2009 yil, 124 bet.
Taqrizchilar
: O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlar
palatasi Samarqand
viloyat bo’limi boshlig’i, professor N.A.Ibragimov.
SamISI “Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi katta
o’qituvchisi I.X.Shukurov
Darslikda biznesmet imidji tushunchasi, biznes yuzasidan munosabat
qilishning universal vositalari, biznesmenlar kiyimi va kiyinishi, biznes korxonalarida
o’zaro munosabat qilish, hamkorlar bilan suhbat o’tkazish,
xizmat yuzasidan xatlar
yozish va telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l etiketi qoidalari ko’rib chiqilgan.
Ushbu darslik materiallari oliy maktab talabalaridan tashqari xizmatlar
ko’rsatish sohasi kollejlarining o’quvchi va o’qituvchilari hamda biznes korxonalari
xodimlari uchun ham juda foydali bo’ladi.
3
So’z boshi
Oxirgi yillarda respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
bo’yicha qabul qilinayotgan rasmiy xujjatlar xalq xo’jaligining barcha
sohalarida biznes faoliyatining barqaror va intensiv rivojlanishiga sababchi
bo’lmoqda. Biznes faoliyati bilan shug’ullanadigan xotin–qizlar salmog’i
ham yildan yilga oshib bormoqda.
Biznes bilan shug’ullanadigan kishilar ham jamiyat a’zosi
hisoblanadi. Shu sababli ham ular nafaqat ish davrida, ishidan keyin ham
jamiyatda o’rnatilgan ahloq va odob qoidalariga qat’iy rioya qilishlari
shart.
Biznes shunday faoliyatki, biznesmen o’ziing faoliyati davrida har
xil madaniyat darajasiga, fe’l–atvorga, diniy va dunyoqarashlarga ega
bo’lgan nafaqat O’zbekiston fuqarolari,
chet elliklar bilan ham
munosabatga tushadi. Bunday vaziyatlarda biznesmen nafaqat o’zining u
mansub bo’lgan o’zbek xalqining va respublikasining madaniyatini
namoyon qilish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun biznesmenlar
faoliyatiga mansub xalqaro darajada va o’z jamiyatida qabul qilingan
ahloq–odob, ya’ni etiket qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda harakat
qilishlari kerak. Bundan tashqari biznesmen o’z
hamkorlari, hamkasblari
va fuqarolar o’rtasida o’z imijini (mavqyei yoki obro’y) oshirish yo’llarini
yaxshi bilishlari va ulardan oqilona foydalanishlari lozim.
Biznesmen faoliyatining poydevorini biznesmen madaniyati va
bilimdonligidan
tashqari,
sabr–toqatlilik,
xushmuomalalik,
ya’ni
shirinsuxanlik, ochiq chehra, ya’ni tabassum, o’z hamkorlari, hamkasblari
va boshqa kishilarga nisbatan izzat–hurmat ko’rsatish hamda
boshqalardan o’zini ustun quymaslik va ularni ba’zi bir xususiyatlariga
(dini, tili,
dunyoqarashi, jinsi va boshqalar) ko’ra kamsitmaslik tashkil
qiladi.
Biznesmen doimo hamkasblari, hamkorlari va uni bilgan xalq
nazorati ostida bo’ladi. Shu boisdan ham biznesmenlar o’zlarining
qiyofasiga, ya’ni yuvinib–taranishiga, kiyadigan kiyimining sifatiga,
tozaligiga, doimo dazmollanganligiga e’tibor
beribgina qolmasdan,
yurish–turishda hamda suhbatlar o’tkazishda oyoq va qo’llarining holatiga,
mimikasiga katta e’tibor berishlari lozim. Bundan tashqari biznesmen ham
boshqa xodimlardek, aksariyat hollarda umumiy ovqatlanish korxonalarida
nonushta qiladi, xizmat yuzasidan borgan joylarida mehmondo’stlik
ziyofatlarida qatnashadi va kelgan hamkorlarini restoranda yoki uyida
ziyofat qiladi. Shu sababli ham biznesmenlar ovqatlanish stoli atrofida
o’zini tutish, taom iste’mol qilish va taom iste’mol instrumentlaridan
4
foydalanishga hamda mehmonlarga stol yoki uy egasi (bekasi) sifatida
xizmat qilishga qo’yiladigan etik talablarni ham yaxshi bilishlari shart.
Xalqaro biznesda ishtirok etuvchi biznesmenlar
xizmat yuzasidan
chet mamlakatlarga borganda chet ellik hamkorlar ularga O’zbekiston
xalqining ilg’or vakillari deb qarashadi. Shuning uchun ham safaringiz
davrida sizning hatti–harakatingizga, muomala qilishingizga va yurish–
turishingizga qarab nafaqat siz, millatingiz va davlatingiz madaniyati
to’g’risida xulosa chiqaradi. Xalqaro biznes vakillari ham yuqorida
ko’rsatilgan etiket qoidalarini juda ham yaxshi
bilishlari va ularga rioya
qilishlari lozim. Bundan tashqari chet elliklar kelgan hamkorlardan o’z
mamlakatlarining qonun–qoidalarini va xalqining urf–odatlarini hurmat
qilishini kutadi. Demak, chet ellik va xalqaro biznesmenlar xalqaro etiket
qoidalarini bilishlaridan tashqari boradigan mamlakat xalqalarining urf–
odatlari va qonun–qoidalari to’g’risida ham ma’lumotlarga ega bo’lishlari
shart.
Ushbu darslik materiallari muallifning uzoq yillar davomida ishlab
chiqarishda, pedagogik faoliyati davrida chet ellik mehmonlarni kutish va
kuzatish hamda haqiqiy madaniyatli insonlar bilan uchrashuvida orttirgan
tajribasi va adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlar sintezi hisoblanadi.
Darslik materiallari oliy maktablar talabalaridan tashqari xizmat
sohalari kollejlarining o’quvchilari va o’qituvchilari hamda tadbirkor –
biznesmenlar uchun ham foydali bo’ladi.