Tayanch iboralar:
tanlash; etik talablar; e’tibordan chetda qoldirmaslik; yaxshi xislat;
narxi ko’rsatilgan qog’oz; korxona mahsuloti; milliy suvenirlar; o’rov
materiallar rangi; gul, gortenziya va xrizantema.
Nazorat savollari:
1. Sovg’alar qaysi vaqtlarda berilishi mumkin?
2. Sovg’ani tanlashda qaysi talablarga rioya qilinishi kerak?
3. Sovg’ani topshirishda xodimning qaysi xislatlari ta’kidlanishi kerak va
nima uchun?
4. Markaziy Osiyo respublikalarining mahalliy xalqlariga qanday xislatlar
xos?
5. Chet ellik tanishlar va hamkorlar uchun sovg’a tanlashda nimalarga
e’tibor berilishi kerak?
6. Norasmiy va rasmiy uchrashuvlarda sovg’alar qanday topshiriladi?
7. Qaysi mamlakatlarda qaysi ranglar mashhur hisoblanadi?
8. Uyga mehmonchilikka borganda eng yaxshi sovg’a turini bilasizmi?
9. Gul sovg’a sifatida qanday holda va kimga topshiriladi?
9.2. Biznesmenlar vizit kartochkasi va ulardan foydalanish
Qachondir kimlar tomonidan birinchi marta o’ylab topilgan va
amalga kiritilgan vizit kartochkasi bugungi kunda biznesmenlarning asosiy
atributlaridan biriga aylangan. Vizit kartochkalari etiket qoidalariga ko’ra
qalin toza oq qog’ozda tayyorlanadi. Ularning o’lchami va shrifti qat’iy
belgilanmaydi va joylarda shakllangan tajribaga bog’liq bo’ladi. Odatda
vizit kartochkalari ularni saqlaydigan klyasserlarning o’lchamiga qarab
70
tayyorlanadi: erkaklar uchun mo’ljallangan klyasserlar o’lchami 90x50
mm, ayol kishilar uchun – 80x50 mm bo’ladi. Shu boisdan ham vizit
kartochkalar shu o’lchamlarda tayyorlanadi.
Vizit kartochkada u sohibining ismi–sharifi, ilmiy unvoni, lavozimi,
firma yoki tashkilotning to’liq manzili, telefon, faks va E–mail nomerlari
to’liq ko’rsatiladi. Chet mamlakatlarga chiqishda vizit kartochkasi
biznesmen bormoqchi bo’lgan mamlakat xalqining davlat tilida yoki shu
mamlakatda keng tarqalgan chet tillardan birida yoziladi.
Hamkorlar bilan muloqot qilishda vizit kartochkalarining ahamiyati
juda ham katta, chunki ular muloqot davrida hamkorning ismi–sharifini
to’g’ri talaffuz qilishda hamda uning lavozimini va tutgan o’rnini hisobga
olgan holda murojaat qilishga imkon beradi.
Esdan chiqmasinki, vizit kartochkalari birinchi uchrashuvdayoq yoki
tanishuvdayoq, turli konferensiya va seminarlarda ham ularning
boshlanishidan oldin shaxsan beriladi. Tabiiyki, vizit kartochkasini olgan
kishi javob shaklida o’zining vizit kartochkasini beradi. Halqaro
forumlarda (syezd, kongress, konferensiya, seminar) vizit kartochkalarini
olishda bir narsaga e’tibor berish kerakki, agar kartochkani sizga berishda
ikki qo’l bilan uzatishsa, siz ham uni ikki qo’l bilan qabul qilishingiz
kerak, agar bir qo’l bilan uzatilsa – bir qo’l bilan. Yana shuni esdan
chiqarmaslik kerakki, amaldagi xalqaro etiket qoidalariga ko’ra javob
shaklida olingan vizit kartochka birdaniga, o’qilmasdan, cho’ntakka,
ayniqsa ichki cho’ntakka, solinmasligi kerak va uni bergan kishi yonida
undagi yozuv bilan tanishib chiqib, kartochka sohibiga o’zining
minnatdorchiligini bildirish lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan vaziyatlardan tashqari vizit kartochkalaridan
xalqaro tajribada qo’yidagi maqsadlarda foydalaniladi: tabriklashda, javob
sifatida minnatdorchilik bildirishda, taklifnoma sifatida, guldastalar va
sovg’alarni topshirishda, kitob, jurnal va gazeta ko’rgazmalariga hamda
teatr va kinoteatrlarga taklif qilishda. Bundan tashqari, vizit kartochkalari
musiqa va adabiy kechalarga, tennis, shaxmat, golf kabi sport
uchrashuvlariga hamda do’stlik kechalariga ham taklif qilish uchun
foydalaniladi. Tabriklashda, taklif qilishda, javob sifatida minnatdorchilik
bildirishda, guldastalar va sovg’alarni topshirishda, madaniy maskanlarga
(teatr, kinoteatr, badiiy kechalar), sport bilan bog’liq uchrashuvlarga taklif
qilishda vizit kartochkalari uchinchi shaxslar orqali yuborilishi mumkin.
Bunday hollarda vizit kartochkalarining chap tomonining pastida lotin
alfavitida qalam bilan ma’lum tadbirga mo’ljallangan yozuv qilinadi.
Misol uchun, p.r. – minnatdorchilik bildirish, p.f. – tabriklash va
71
boshqalar. Agar siz r.s.v.p. harflari yozilgan vizit kartochkasini olgan
bo’lsangiz, bunday yozuv “iltimos, javob berish kerak” degan ma’noni
bildiradi. Olingan vizit kartochkasiga maxsus pochta kartochkasi, xat
orqali yoki “p.r.” harflari yozilgan vizit kartochkasi yoki telefon orqali 24
soat ichida javob berilishi kerak. Boshqa maqsadlarda yuborish kerak
bo’lgan vizit kartochkalarida qalam bilan maqsad yoziladi: masalan,
“Yangi yilda eng yaxshi tilaklar bilan” yoki “Yaxshi tilaklar bilan esdalik
uchun”.
Dostları ilə paylaş: |