T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
gaplashish vositasi; yuzma–yuz gaplashishdan farqi; hamkor va hamkasb 
vaqti va ish rejasi; kayfiyat; oldindan kelishish; birinchi bo’lib qo’ng’iroq 
qilgan kishi; gaplashish muddatini belgilashning ahamiyati; vaziyat; 
rejalashtirish; kelishilgan vaqt; amaldagi etiket qoidalari; chet ellik hamkor 
va tanishlar, maxsus bloknot 
 
Nazorat savollari: 
1. Telefonlar qanday ahamiyatga ega? 
2. Telefonda gaplashishning yuzma–yuz gaplashishdan farqi nimada? 
3. Hamkor va hamkasblarga telefon qilishda nimalarni hisobga olish 
kerak? 
4. Telefonda gaplashishning oldindan kelishilishi va gaplashish 
muddatining aniqlanishi biznesmen uchun qanday ahamiyatga ega? 
5. Telefon orqali gaplashishda masalaning hal etilishi qanday vaziyatlarga 
bog’liq bo’lishi mumkin? 
6. Nima sababdan telefon orqali gapiriladigan gaplar oldindan 
rejalashtirilishi va kelishilgan vaqtda qo’ng’iroq qilinishi kerak? 
7. Telefonida gaplashish jarayonida qaysi etiket qoidalariga rioya qilinishi 
lozim? 
8. Chet mamlakatlik hamkor va tanishlarga qung’iroq qilishda javobini 
qanday kutish kerak? 
9. Nima uchun telefon orqali qilingan suhbat natijalari maxsus bloknotda 
qayd qilinib borilishi kerak? 
12. Biznes va mehmondo’stlik 
12.1. Mehmondo’stlik va uning biznesmenlar uchun ahamiyati 
 
Mehmondo’stlik biznes faoliyatining asosiy elementlaridan biri 
bo’lib, biznes aloqalari mustahkamlanishining va biznesmen ishi tez bitish 


83 
garovi hisoblanadi. Bunday deyishning boisi shundaki, birinchidan, 
aksariyat biznes masalalari bugungi kunda ovqatlanish stoli atrofida hal 
qilinadi; ikkinchidan, hamkorlar bilan tanishishda, bitimlar tuzilgandan 
keyin yoki tuzilish arafasida hamda hamkorlar xayrlashishida ovqatlanish 
stoli atrofida uchrashiladi. Bundan tashqari o’zbeklarning “Yegan og’iz 
uyalar” degan dono gapi bor. Bu degani biznesmenni mehmon qilgan 
korxonadan kelgan kishilarni javob tariqasida mehmon qilish kerak degan 
ma’noni bildiradi. Mehmondo’stlik ba’zi bir millatlarga xos asosiy 
xususiyatlardan biri hisoblanadi. O’zbeklar ana shunday xalqar turkumiga 
kiradi. Bunday millatlar vakili bo’lgan biznesmenlar o’zlarining 
faoliyatiga aloqador bo’lgan kishilarni hyech qanday sababsiz ham 
mehmonga taklif qilishadi. 
Yuqorida 
ta’kidlab o’tilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, 
mehmondo’stlik qilish sabablari juda ham ko’p va biznesmen faoliyatiga 
xos xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki mehmondo’stlik qilishning 
biznesmenlar uchun ahamiyati juda ham katta: birinchidan, ovqatlanish 
davrida bo’lajak hamkorlar bir–birlarining fe’l–atvorlarini, muomala qilish 
uslubini o’rganishadi; ikkinchidan, bo’lajak hamkorlar o’rtasida shaxsiy 
aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi; uchinchidan, bir–
birlarining tashqi ko’rinishiga, stol atrofida o’tirishiga va o’zini tutishiga, 
ovqatlanishiga, muomala qilishiga va yurish – turishiga qarab bo’lajak 
hamkor mansub bo’lgan millatning va biznesmenning madaniyati 
to’g’risida ma’lum bir fikrlar shakllanadi va ular kelajakda hamkorlik 
ishlarini olib borishda fundament bo’lib xizmat qiladi. 
Rus xalqining “Ovqatlandi va yuragi yumshadi” degan ajoyib bir 
maqoli bor, chunki yaxshi kampaniyada ovqatlanishda odam bahra oladi, 
ko’ngli yoyiladi, bir–birlariga bo’lgan izzat–hurmati oshadi, bir–birlariga 
ishonch paydo bo’ladi, uning natijasida dil yumshaydi. Shu sababdan ham 
hamkorlik masalalari tez yechiladi. Agar siz mehmondo’stlik davrida 
bo’lajak hamkorlaringiz va o’rtoqlaringizda o’zingiz, millatingiz hamda 
davlatingiz madaniyati to’g’risida ijobiy taassurot qoldirmoqchi bo’lsangiz 
mehmondo’stlik qoidalarini yaxshi bilishlaringiz shart. 
Mehmondo’stlikning etik poydevorini mehmonlarni mansabiga, 
jinsiga va yoshiga qarab ovqatlanish stoli atrofida o’tirg’izish, stol atrofida 
o’zini tutish, taomni bevosita iste’mol qilish, taom iste’mol qilish 
instrumentlaridan va salfetkalardan foydalanish hamda mehmonlarga 
xizmat ko’rsatish qoidalari tashkil qiladi. Ushbu bobning kelgusi 
bandlarida ko’rsatilgan qoidalarning asosiylari ko’rib chiqiladi. 


84 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin