T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/58
tarix26.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134985
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
 


92 
Tayanch iboralar: 
ayol va erkak kishi; qo’l va tirsak; tizza; chalqanchasiga o’tirish; aksirish; 
baland ovoz va shivirlash; suhbat mavzusi; mehmonchilikka chaqirgan 
kishi; yonidagi kishining u tarafidagi va boshqa stol atrofidagi mehmon 
bilan gaplashish 
 
Nazorat savollari: 
1. Ovqatlanish yoki ziyofat stoli atrofida birinchi bo’lib kim o’tiradi: 
erkakmi yoki ayol kishimi? 
2. O’tirishda oyoq, qo’llar va yelka qanday holatlarda ushlanishi kerak? 
3. Ziyofat va ovqatlanish stollari atrofida o’tirishda qaysi harakatlarni 
qilmaslik kerak? 
4. Stol atrofida aksirgan kishilarga “sog’ bo’ling” tilagini tilash kerakmi 
yoki yo’qmi? 
5. Stol atrofida gaplashib o’tirishda so’z ohangi qanday bo’lishi kerak, 
suhbat mavzusi-chi? 
6. Restoranga mehmonchlikka taklif qilinganda buyurtmani kim berishi 
kerak? 
7. Yoningizdagi kishi qo’shnisi va boshqa stol atrofidagi kishilar bilan 
gaplashishda qaysi etiket qoidalariga rioya qilishi lozim? 
12.5. Restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi
 
Chekish – bugungi kunda dunyo xalqalari boshiga kelgan balo (ofat) 
hisoblanadi. U millat ham, jins ham, yosh ham, kasb ham tanlamaydi. 
Sigaretni, ayniqsa O’zbekistonda, yoshlar ham, qariyalar ham, erkaklar 
ham, ayollar ham chekishadi. Buning ustiga u ish joylarida ham, ko’chada 
ham, 
jammoat 
joylarida 
ham, 
ovqatlanish 
korxonalarida 
ham 
chekilaveradi. Shunday ekan, ushbu bandda biznesmenlar uchun 
restoranlarda va mehmondo’stlikda chekish bo’yicha xalqaro etiket 
qoidalarini yana bir bor eslatib o’tish lozim deb topildi. 
Chekish bo’yicha umumiy tavsiya shundan iboratki, restoranlarda va 
boshqa kishilar uylarida, jamoat joylarida, ko’chada chekishdan vaqtincha 
voz kechish kerak, chunki sigaret tutining chekmaydigan kishilar sog’lig’i 
uchun zarari juda ham katta; agar chekmay turish iloji bo’lmasa, faqat shu 
maqsadda ruxsat berilgan joylarda chekish mumkin. 
Sigaretning odam organizmi uchun zararligini hisobga olgan holda 
Yevropaning qator mamlakatlarida, masalan, Germaniya va Fransiyada, 
restoranlarda chekish man qilinmoqda va sigaret chekuvchilar uchun 


93 
alohida zallar va joylar ajratilmoqda. Biznesmen vatandoshlar, esingizdan 
chiqmasinki, chet mamlakatlarda boshqa kishidan, agar u taklif qilmasa, 
so’rab, sigaret chekish qoidasi qabul qilinmagan.
Restoranga borgandan keyin bu yerda chekish mumkinmi yoki 
mumkin emasligini bilish kerak. Agar ovqatlanish stoli ustida kuldon 
bo’lmasa yoki chekish mumkin emaslik belgisi quyilgan, yoki “chekish 
mumkin emas” deb yozib qo’yilgan bo’lsa, siz uchun qancha qiyin 
bo’lmasin, chekishdan vaqtincha voz kechib turish kerak. Agar ovqatlanish 
zalida chekishga ruxsat berilgan bo’lsa, stol ustiga kuldon qo’yilgan 
bo’ladi. Ba’zi bir restoranlarda chekish uchun maxsus xonalar ajratib 
qo’yilgan bo’lishi ham mumkin. 
Ovqatlanish zalida sigaret chekishga ruxsat berilgan restoranlarda 
ham sigaret chekish uchun erkak kishi avval ayol kishilardan, keyin 
o’zidan yoshi ulug’lardan ruxsat olishi kerak. Agar ayol kishi sigaret 
chekmoqchi bo’lsa, u uchun faqat yoshi ulug’larning ruxsati kifoya qiladi. 
Maxsus ajratilgan xonaga sigaret chekish uchun chiqishda ham, 
chekuvchining jinsidan qat’iy nazar, kechirim so’rab, stol atrofida 
o’tirganlardan chiqish uchun ruxsat olishi kerak. 
Agar siz ziyofat berishda ziyofat stoli atrofida mehmonlarning sigaret 
chekishga roziligingizni bildirish uchun stol ustiga kuldonlar qo’yish 
kifoya qiladi. Mehmonchilikda sigaret chekadigan erkak ham, ayol ham 
avval uy bekasidan, keyin qolganlardan bundan oldin ko’rsatilgan tartibda 
ruxsat so’rashlari lozim. Stol atrofida o’tirganlardan biron kishi sigaret 
chekib boshlagandan keyin erkak kishilar chekish uchun faqat yonida 
o’tirgan ayol kishilardan ruxsat so’rashi kifoya qiladi. Agar 
mehmondorchilik ziyofati hovlida yoki dalada tashkil qilinsa, ovqatlanish 
stolidan biroz nariroq joyda sigaret chekuvchilar uchun ustiga kuldon 
o’rnatilgan stol qo’yilishi kerak. 
Restoranlarda chekuvchilar uchun alohida ovqatlanish zali tashkil 
qilingan Yevropa mamlakatlariga guruh bo’lib safarga borganda barcha 
guruh a’zolari oldida katta muommo paydo bo’lishi mumkin, chunki 
chekuvchilar va chekmaydiganlar bir joyda ovqatlanishlari uchun sigaret 
chekmaydiganlar chekuvchilar bilan birga chekish ruxsat berilgan zalga 
yoki sigaret chekuvchilar chekmaydiganlar bilan birga chekish ruxsat 
berilmagan zalga kirishlari kerak. Birinchi vaziyatda chekuvchilar sigaret 
chekishdan 
vaqtincha 
voz 
kechishga, 
ikkinchi 
vaziyatda 
esa 
chekmaydiganlar sigaret tutiniga chidab turishga majbur. 
Ba’zi bir Yevropa mamlakatlarida joylar faqat sigaret yoki faqat 
trubka, yoki sigaret va trubka chekish uchun ajratilgan bo’lishi mumkin. 


94 
Bunday mamlakatlarning sigaret chekish joyida trubka chekish yoki trubka 
chekish joylarida sigaret chekishda katta jarima to’lash xavfi mavjud. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin