Yovvoyi achitqilar tabiatda keng tarqalgan, ko‘pincha korxona zararkunandalari
hisoblanadi. Yovvoyi achitqilar cho‘ziq bo‘lib, kurtaklanish yoki bo‘linish yo‘li bilan
ko‘payadi.
Boyitilmagan muhitlarda havo kislorodi bo‘lganda hamma chin achitqilar sporali
xaltachalar hosilqiladi.
Soxta achitqilar oilasi sporali xaltachalar hosilqilmaydi, faqat kurtaklanish yo‘li
bilan ko‘payadi, qandni salgina achitadi yoki butunlay achitmaydi. Soxta achitqilar
oilasi ikki turkumga bo‘linadi.
1.
Torula - turkumi - yumaloq achitqilar bo‘lib, qandni bijg‘itadi, natijada bir
ozgina spirt hosilqiladi. Ular tabiatda keng tarqalgan sabzavotlarda doimo bo‘ladi.
2.
Micoderma turkumi - cho‘ziqhujayrali parda hosilqiluvchi achitqilardir. Ular
qandni bijg‘itmay, СО
2
ва Н
2
О ga qadar oksidlaydi. Aeroblar suyuqlik yuzasida parda
hosilqiladi. Ko‘pincha oziq ovqat korxonalarining (masalan, sirka tayyorlaganda,
sabzavot tuzlanganda va hokazo) zararkunandalari hisoblanadi.
Spirtli bijg‘ishda achitqilar qandni parchalaydi, amalda 50% СО
2
va 50% etil
spirti hosil bo‘ladi.
10.1-rasm Spirtli bijg‘ish jarayonini tekshirish 10.2-rasm Saccharomyces cerevisiae achitqisi 11-LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI . SUT VA MOY KISLOTALI BIJG‘ISH Mashg‘ulot o‘tish tartibi: Tuzlangan karam suvidan, sut zardobidan va sut
mahsulotlaridan mazok tayyorlab, sut kislotali bakteriyalarning morfologiyasini
o‘rganish hamda sut kislotali reaksiya sifati aniqlaniladi. Har bir talaba sut kislota
bakteriyalarini morfologik belgilarini ko‘rish uchun mazok tayyorlaydilar. Sut kislota
reaksiya sifatini aniqlash uchun brigada usulidan foydalanadilar. Natijalarni daftarlarga
yozib boriladi.