Namuna solingandan sо‘ng apparatning qopqog‘i yopiladi, doimiy tok manbai yoqiladi
va kerakli kuchlanish qо‘yiladi (DNK gelga kirguncha 20 V sо‘ngra 100-120 V).
Elektroforez odatda kо‘k bо‘yoq gel oxiriga (1-2 sm qolgunicha)
yetgunicha olib
boriladi. 0,5-0,7% li agarozali gel elektroforezida kuchlanish 100-120 V bо‘lganda 2
soat davom etadi.
Gelni bо‘yash.
Elektroforez tamom bо‘lganidan sо‘ng qurilma tok tarmog‘idan
uziladi, gelli idishcha fotografiya kyuvetasiga olinadi va bromid etidiy (0,5 mkg/ml
distillangan suvda) solinadi va 40-60 daqiqa davomida bо‘yaladi. Sо‘ng bо‘yog‘i
tо‘kiladi (albatta rezina qо‘lqop bilan ishlash kerak), gel distillangan suvda chayiladi va
(shisha kuzoynak bilan) transillyuminatorda kо‘riladi.
Dostları ilə paylaş: