1.3. Mehnat ta`limi darslarida chizmashilik faniga oid tushunchalarni
o`rgatishda ko`rgazma darsidan foydalanish
Yangi pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida
unumli foydalanish
o`quvchi va talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish bilan birgalikda ularning
taffakuri,
qobiliyati, izlanuvchanligi va o`z navbatida bilimlarini oshirishning eng
muhim omilidir. Chizmachilik va injenerlik grafikasi
faniga oid tushunchalar
ko`pchilik o`quvchilar va talabalar tomonidan qiyin o`zlashtirilishi hech kimga
sir emas. Talabalar bu fanga tushunchalarni chuqur o`zlashtirishlari uchun ko`proq
mustaqil ishlashlariga to`g`ri keladi. Biz tavsiya etmoqchi bo`lgan dars usuli
yuqoridagi muammoni ijobiy hal etish im-konini beradi. Bu usulni ko`rgazma
darsi deb nomlash mumkin. Bu darsni olib borish jarayonini umumiy o`rta ta`lim
maktablarining 8-sinfidagi Chizmachilik fani misolida yoki mehnat ta`limi ixtisosligi
1-kursida yuqoridagi fan bo`yicha o`tiladigan “Egri chiziqlar” mavzusi misolida
ko`rib o`taylik. O`qituvchi oldindan 5-6 ta o`quvchi (talaba)ga ellips, evol`venta,
sinusoida, Arximed spirali kabi topshiriqlarni beradi. Ular o`zlariga
berilgan
topshiriqlarni bajarish tartibini o`rganadilar va chizmalarni A1, A2 qog`ozlarga
chizadilar.
Darsni quyidagi tartibda tashkil etish mumkin.
Hurmatli o`quvchilar (talabalar)! Yosh ijodkorlarning “Egri chiziqlar”
mavzusida
yaratgan
asarlari
namoyishiga
hush
kelibsizlar!
Bugungi
ko`rgazmamizga bir necha asarlar taqdim etilgan. Hozir sizlarni asarlar va
ularning mualliflari bilan tanishtiramiz. Birinchi asarimiz “Arximed spirali” deb
nomlanadi. So`z - asar muallifi (o`quvchi yoki talaba) - A. Vohidovga. Marhamat!
O`quvchi (talaba) chiqadi va A2 qog`ozga
tasvirlangan chizma hamda
boshqa ko`rgazmali qurollardan foydalanib bajargan ishini tushuntirib beradi. U o`z
bayonini tugatgach, shu mavzu bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi.
Shu tariqa
boshqa o`quvchi (talaba)lar ham chiqib, o`z mavzulari bo`yicha
tayyorlab kelgan
ko`rgazmalarining mazmunini bayon etishadi. Bunda ham mavzular bo`yicha bahs-
munozaralar olib boriladi. Bu darslarni O`TV yordamida olib borish maqsadga
muvofiqdir.
Bu dars usulini qo`llash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
1.
O`quvchi-talabalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.
2.
O`quvchi-talabalarning og`zaki nutqini o`stirish.
3.
O`quvchi-talabalarda pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish.
4.
O`quvchi-talabalarning darsdagi faoliyatini oshirish.
5.
Darsda fanlararo bog`lanishni ta`minlash.
6.
O`quvchi-talabalarga nazariy bilimlarni amalda qo`llashni o`rgatish.
Dostları ilə paylaş: