II. BOB «Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or
va zamonaviy usullardan foydalanish metodikasi
2.1. Mehnat ta`limi yo`nalishida «Chizma geometriya va muxandislik
grafikasi» fanini o`qitishda ilg`or va zamonaviy usullardan foydalanish
masalalari
Ishlab chiqarish va ularning rivojlanishini chizmasiz tasavvur etish qiyin. Yangi
ixtiro qilinayotgan buyumlar, mashinalar va inshoatlar ma`lum g`oya asosida
muxandis yoki yaratuvchi hayolidan qag`ozga eskiz sifatida ko`chadi, keyin bu
eskizlar bo`yicha ish chizmalari bajariladi. Chizmalar bo`yicha ularning afzalliklari,
kamchiliklari aniqlanadi va loyihaga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Bu chizmalar
asosida buyumlar ishlab chiqariladi, tekshiriladi va ta`mirlanadi.
Chizma geometriya va muxandislik grafikasi Fani o`quv rejasidagi
«Umumiykasbiy fanlar blok»ida joylashgan bo`lib, o`quv rejasida rejalashtirilgan
matematika va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika), umumkasbiy (nazariy
mexanika, mexanizmlar va mashinalar n7azariyasi, mashina detallari, elektrotexnika
va radiotexnika, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash, texnik
ijodkorlik, dizayn va h. K.), ixtisoslik fanlari (texnologik uskunalarning konstruktiv
xususiyatlari, metall va metalmas buyumlarga ishlov berish, kiyimlarni loyihalash
va modellashtirish va h.k.) fanlar Bilan bebosita bog`liqlik jihatlarga ega. Bu
bog`liqligi mavjud bo`lgan fanlarni o`zlashtirish uchun talabadan «Chizma
geometriya va muxandislik grafikasi» dan etarli bilim va ko`nikmalarga ega
bo`lishlik talab etiladi.
Chizma geometriya fanining asosiy maqsadi narsalarni tekislik ustida tasvirlash
va bu tekis tasvirlar bo`yicha narsalar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni
aniqlash usullarining nazariy asoslarini o`rgatish, talabalarning fazoviy tasavvurini,
ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va o`stirishdan iborat bo`lsa, muxandislik
grafikasi
- bu buyumlarni tekislikda tasvirlash masalalarini o`rganuvchi Fan bo`lib, uning
asosiy vazifalari quydagilardir:
Murakkab bo`lmagan buyumlarni kompleks chizmada va aksonometrik
proektsiyalarda tasvirlashni o`rgatish.
Yig`ish chizmalari va sxemalarini o`qish hamda chiza olish ko`nikmalarini
shakllantirish.
Chizmani o`kish, ya`ni buyumlarning shaklini va o`lchamlarini ularning
chizmalari bo`yicha fikran tasavvur qilish malakasini hosil qilish.
Fazoviy jismlar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni aniqlashning
grafik usullarini o`rganish.
Jismlar va sxemalarga qo`yilgan KXYaS eSKD va davlat standartlarining
asosiy qoydalari Bilan tanishtirish.
Chizma chizish texnikasi va malakasini o`zlashtirish hamda o`zida
shakllantira olish.
Turmush va texnikadagi yoritilayotgan har qanday yangilikning dastlab
chizmasi bajariladi. Ushbu chizma asosida yangilikning afzalligi, kamchiligi
aniqlanadi va loyihaga tuzatishlar kiritiladi. Talaba dars jarayonida yoki turmushda
o`zi foydalanadigan texnik vositalarning ishlash printsipini, ta`mirlanish jarayonini
mukammal bilishi uchun uning chizmasini o`qiy olishi kerak.
Chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanidan talabalar proektsiyalash
usullarining mohiyatini, geometrik obrazlar orasidagi metrik va pozitsion
munosabatlarning umumiy, xususiy va yordamchi usullarda tekshira olishni
o`rganadi.
Ortogonal va aksonometrik proektsiyalarda geometrik sirtlar, detallar va
buyumlarni chiza olishni va chizmalar chizishda davlat standartlari talablariga to`liq
rioya qilish zarurligi haqida bilib oladilar.
Talabalar
fanni
o`rganishda
zamonaviy
axborot
va
pedagogik
texnologiyalardan va fanni o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy
usullaridan foydalanish, Yangi informatsion-peagogik texnologiyalarni tadbiq qilish
muhimligini uqtirishlari lozim.
Yuqorida zikr etilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda o`qitishning
zamonaviy interaktiv metod iva axborot texnologiyalaridan o`z o`rnida unumli
foydalanish ijobiy natija berishi bilan ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |