"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi


Savdo terminalidan foydalanish, ularga va hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

 
Savdo terminalidan foydalanish, ularga va hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
UMUMIY SHARTLAR 
 
TERMIN
 
VA
 
ATAMALAR 
Bank tariflari
– bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha belgilangan xizmat haqlari 
me'yori. 
Tovarlar (ish, xizmat) sotuvchisi (bundan buyon matnda "mijoz" deb yuritiladi)
– bu ekvayer 
bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank to‘lov plastik kartochkalari orqali tovarlar (ish, xizmat) 
sotuvini amalga oshiruvchi xo‘jalik (yuridik va/yoki yuridik maqomga ega bo‘lmagan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs) sub'ekti; 
Savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlari
- mulkchilik shakllaridan, Sotuv hajmidan, inshootning 
o‘lchamidan va hokazolardan qat'i nazar, tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan 
(moslashtirilgan) joy yoki inshoot.
To‘lov terminali
– BPK egasiga xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
to‘lovlarni amalga oshirish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa amaliyotlarni bajarish 
va har bir bajarilgan amaliyot bo‘yicha cheklarni shakllantirish imkoniyatini beruvchi qurilma. 
To‘lov operasiyasi
– bank kartalaridan foydalangan holda tovar (ish, xizmat) uchun to‘lov.
Slip
- bank plastik kartochkasidan foydalangan holda operasiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va 
o‘zida operasiya summasi, turi, sanasi, shuningdek, bank plastik kartochkasini hamda ushbu slipni 
shakllantirgan terminalni identifikasiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi 
terminal kvitantsiyasi. 
To‘lovni qaytarish
- mijoz tomonidan amalga oshirilgan tranzaktsiya bo‘yicha plastik karta 
hisobvarag‘iga to‘lovni qaytarish. 
1.
 
UMUMIY QOIDALAR 
1.1.
Ushbu savdo terminalidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha umumiy 
shartlar (bundan buyon matnda – "shartlar") bank tomonidan vaqtincha foydalanish uchun mijozga 
taqdim etilgan to‘lov terminali orqali uning mahsulotlar (ish, xizmat va tovarlar)ni naqdsiz shaklda 
sotib olish uchun to‘lov vositasi sifatida taqdim etilgan plastik kartalardan to‘lovni qabul qilish, 
to‘lov terminalini ijaraga berishni va to‘lov terminali hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatishni hamda 
bank va mijozi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin