"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

4. 
TOMONLARNING HUQUQLARI 
4.1. 
Bank: 
4.1.1. Ushbu shartlar buzilganda terminalni mijozdan qaytarib olish. 
4.1.2. Terminal foydalanishga berilgandan boshlab bir oy mobaynida to‘lov amalga oshirilmasa 
yoki amaldagi "tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari"ga muvofiq 
shubhali yoki gumonli operasiyalar amalga oshirilsa, mijozni ushbu shartlar bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatishni to‘htatish. 
4.1.3. Bank tarifga kiritilgan o‘zgartirishlarni bo‘lim/filialdagi axbortlar taxtasiga va bankning 
Internet saytiga (www.nbu.uz) joylashtirib boradi. 
4.1.4. Bankning amaldagi tarifiga asosan bank xizmatlari uchun vositachilik to‘lovlarni undirish. 
4.2. 
Mijoz: 
4.2.1. Yozma murojaat qilish orqali bankdan amalga oshirilgan tranzaktsiyalar to‘g‘risida 
ma'lumot olish. 
4.2.2. O‘zining mas'ul xodimlariga terminaldan foydalanish bo‘yicha bank tomonidan 
tushuntirishlar berishni talab qilish. 
4.2.3. Bankning amaldagi tariflari bilan bank filialidagi axbortlar taxtasiga joylashtirilgan 
ma'lumotlar va bankning Internet sayti (www.nbu.uz) orqali tanishib borish. 
4.2.4. To‘lov terminali orqali tushgan tushumlarni depozit hisobraqamiga o‘z vaqtida kirim 
qilishni talab qilish. 
6.
 
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNING HAL QILISH TARTIBI 
 
5.1. 
Tomonlar ushbu shartlar bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi, "xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi qonuni hamda amaldagi boshqa qonun va normativ-
huquqiy hujjatlar asosida javobgarlikka tortiladilar. 
5.2. 
Prosessing markazlari yoki bankning dasturiy ta'minotida vaqtinchalik yuzaga kelgan 
bankka aloqador bo‘lmagan texnik nosozliklar tufayli mijozning hisobvarag‘iga terminal orqali 
qabul qilingan hamda Inkassasiya qilingan to‘lov summasining kechikib tushishiga javobgarlik 
to‘lov tizimi ishtirokchilari zimmasida bo‘ladi. 
5.3. 
Tomonlar mazkur shartlar bo‘yicha yuzaga keladigan nizolarni o‘zaro muzokaralar 
o‘tkazish orqali hal etishga harakat qiladilar. O‘zaro muzokaralar orqali kelishuvga erishilmagan 
nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudi 
tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin