4. TOMONLARNING HUQUQLARI 4.1.
Mijozning huquqlari:
4.1.1. Xorijiy valyutani sotib olish/sotishga Ariza topshirish;
4.1.2 Bankning arizani ijro etish vaqtigacha Bankning masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi
orqali mos keluvchi topshiriq/xat yuborish yo‘li bilan Bankning Arizani ijro etish
harakatlarini to‘xtatib turish;
4.1.3. Bankdan Arizaning ijro etilish jarayoni to‘g‘risida ma'lumot olish.
4.2. Bankning huquqlari:
4.2.1Agar Ariza mazkur Umumiy shartlarga 2-ilovada ko‘rsatilgan shaklga mos bo‘lmasa
uni qabul qilishdan bosh tortish;
4.2.2. Mijozning hisobvaraqlarida erkin valyuta mablag‘lari bo‘lmagan holatda xorijiy
valyutani sotishga Arizani ijro etishdan bosh tortish;
4.2.3. Operatsiya amalga oshirilayotgan kun Bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani xarid
qilish uchun yetarli miqdorda milliy valyutada pul mablag‘lari bo‘lmagan holatda Arizani
ijro etishdan bosh tortish;
4.2.4. Mijoz Bankka mazkur operatsiya bajarilishi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni
taqdim etmagan holatda xorijiy valyutani sotib olishga Arizani ijro etishdan bosh tortish;
4.2.5. Bank Mijoz Arizani noto‘g‘ri to‘ldirgan holatda Mijozning Arizasini (Arizalarini)
ijro etishdan bosh tortish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
4.2.6. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi valyuta qonunchiligida belgilangan talablar
buzilgan holatda, ushbu operatsiyani bajarish oqibatida Bankka xalqaro sanksiyalar
belgilash imkoniyati yuzaga kelganida yoki Bankning faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi
mumkin bo‘lgan boshqa holatlarda Ariza ijrosidan bosh tortish;
4.2.7. Sotib olingan xorijiy valyuta Mijozning valyuta hisobvarag‘iga ko‘chirilgan ondan
7 (yetti) bank ish kunida ishlatilmagan holatda akseptsiz tartibda valyuta vositalarini qayta
sotish;
4.2.8. Mijozning valyuta hisobvarag‘idan oldinroq to‘langan mablag‘lar qaytarilgan
holatda qaytarilgan mablag‘lar Mijozning valyuta hisobvarag‘iga ko‘chirilgan ondan
3 (uch) bank ish kunida xorijiy valyutani akseptsiz tartibda qayta sotish.