Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
7.3. Bank agar Mijoz mazkur Umumiy shartlarning 3.1-bandida ta'riflangan talabni
(talablarni) bajarmagan bo‘lsa, uning topshirig‘ini bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.
7.4. Mijoz xalqaro valyuta
bozorida kotirovkalanadigan, lekin Bank sotuvini amalga
oshirmaydigan xorijiy valyutani sotib olishga Ariza bergan holatda Bank Mijozga sotuv
uchun mavjud va Bankda kursi belgilangan boshqa xorijiy valyuta
ekvivalentini sotish
bo‘yicha operatsiyani mustaqil amalga oshiradi. Bunda Bank oldindan Mijozning arizasida
tashqi bozordan sotib olinishi ko‘rsatilgan xorijiy valyutani sotib oladi.
Tashqi bozorda xorijiy valyuta sotib olinganidan so‘ng foydalanilmagan xorijiy valyuta
qoldig‘i qolgan holatda Bank ushbu valyutani Bankda sotish
kursi belgilangan xorijiy
valyutada qayta sotadi, shundan so‘ng milliy valyutadagi ekvivalentini Mijozning asosiy
hisobvarag‘iga ko‘chiradi.
Dostları ilə paylaş: