8. FORS-MAJOR 8.1. Bank va Mijoz mazkur Umumiy shartlardan kelib chiquvchi o‘z majburiyatlarini
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi, agar
lozim darajada bajarish yengib bo‘lmas kuch sharoitlari: tabiiy ofatlar, ish tashlashlar,
fuqarolik tartibsizliklari, urush, xalqaro blokirovka qiluvchi sanksiyalar yoki Bank va
Mijozning istagiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa biror sharoitlar, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligida o‘zgarishlar yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining hujjat/ko‘rsatmalar e'lon qilish/qabul qilinishi oqibatida imkonsiz bo‘lsa;
8.2. Mazkur Umumiy shartlarda ko‘rsatilgan majburiyatlari tufayli mazkur Umumiy
shartlar bo‘yicha majburiyatlarini ijro etishi imkonsiz bo‘lgna Tomon kechiktirmasdan
boshqa tomonni yozma shaklda xabardor qilishi va boshqa Tomonning talabiga ko‘ra fors-
major sharoitlarning yuzaga kelishi va/yoki tugashini tasdiqlovchi dalillarni taqdim qilishi
shart. Keltirilgan sharoitlar yuzaga kelganligi va davomiyligining dalili vakolatli organ
tomonidan berilgan yozma hujjatlar bo‘la oladi;
8.3. Mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas
kuch sharoiti, shuningdek ushbu sharoitlar keltirib chiqargan oqibatlar ta'sir qilgan vaqt
muddatigacha uzaytiriladi;
8.4. Agar yengib bo‘lmas kuch sharoiti yoki ularning oqibatlari 3 oydan ortiq davom etsa,
unda Tomonlar mazkur Umumiy shartlarda ko‘zda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilishini davom
ettirish uchun qanday choralar ko‘rishni muhokama qilishadi;
8.5. Bank mazkur sharoitlar bo‘yicha quyidagi holatlarda javobgarlikka ega bo‘lmaydi:
-
Elektron to‘lovlarning banklararo tizimida uzilishlar kuzatilganida;
-
Mijoz hujjatlarni rasmiylashtirganda u yo‘l qo‘ygan xatoliklar natijasida, Mijozning
aybi bilan to‘lovlar kechikkanida;
-
Bank yoki Mijozning hisobvaraqlarida qonunchilikda belgilangan tartibda operatsiyalar
xatlangan va/yoki to‘xtatib turilganida va/yoki ishga solmay to‘xtatib turilganida;
-
Bankning Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini Bankka bog‘liq bo‘lmagan sabablarga
ko‘ra va fors-major sharoitlari yuzaga kelgan holatda bajarish imkonsiz bo‘lganida;
8.6. Bank o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlar tufayli xorijiy valyutani sotib olishga Arizani
(arizalar) ijro qilmaganligi uchun javobgar emas.