10. BOSHQA SHARTLAR 10.1
Ushbu Umumiy shartlar va shartlarga muvofiq xizmatlar ko'rsatishni/foydalanishni
to'xtatish uchun asoslar amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi;
10.2
Har qanday Tomon xizmatlarni ko‘rsatishni/foydalanishni to‘xtatishning kutilayotgan
sanasidan 1 (bir) kalendar oy oldin o‘z niyati to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilib, umumiy
shartlar bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishni/foydalanishni muddatidan oldin tugatishga haqli.
10.3
Tomonlar o‘zaro kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun barcha
choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Agar kelishuvga erishilmasa, ushbu Umumiy shartlardan
kelib chiqadigan barcha nizolar Bank filiali joylashgan yerdagi tumanlararo iqtisodiy sudida hal
qilinadi;
10.4
Mazkur Umumiy shartlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Bankning rasmiy veb-
saytida (www.nbu.uz) va “Ibank” masofaviy bank tizimida joylashtiriladi.
10.5
Tomonlarning hech biri boshqa Tomonning yozma roziligisiz ushbu Shartlar bo'yicha o'z
huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga o'tkazish yoki topshirishga haqli emas.
10.6
Ushbu Umumiy shartlarda aniq tartibga solinmagan boshqa barcha masalalarda Tomonlar
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
10.7
Ushbu Umumiy shartlar Mijoz tomonidan Bankka chet el valyutasini sotib olish va sotish
uchun tegishli arizalarni yuborish orqali qabul qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xorijiy valyutani sotish-sotib olish
bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishning umumiy shartlariga