Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
7.1.3. Mijozning qonunchilikda belgilangan tartibda bank hisobvaraqlariga mablag'larni hisobga
kiritish tartibini buzganlik va bank hisobvarag'idan mablag'larni asossiz ravishda hisobdan
chiqarganlik uchun.
7.1.4. Bank tomonidan elektron to'lovlarni amalga oshirishning qonunchilikda belgilangan
muddatlari buzilgan taqdirda, bank mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun elektron to'lov
summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq kechiktirilgan elektron to'lov summasining 10 foizidan
ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'laydi.
7.1.5. Bank mijozning bank hisobvarag'idagi mablag'larini uning topshirig'isiz yoki roziligini
olinmasdan (aktseptlanmagan), bank tomonidan (qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan
hisobdan chiqarish holatlari bundan mustasno) hisobdan chiqarilgan (o'tkazib berilgan) taqdirda,
ushbu mablag'larni bank hisobvarag'iga tiklaydi va boy berilgan foydani qonunchilikda
belgilangan tartibda qoplab beradi.
7.1.6. Bank aybi bilan elektron to'lovlarni xato amalga oshirilgan taqdirda bank mablag'larni
oluvchining hisobvarag'iga xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o'tkazishi
zarur. Aks holda, mijoz qonunda belgilangan tartibda bankdan mablag'larni qaytarilishini talab
qilish, shuningdek har bir kechiktirilgan kun uchun xato amalga oshirilgan elektron to'lov
summasining 0,1 foiz miqdorida, biroq xato amalga oshirilgan elektron to'lov summasining 10
foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'lanishini talab qilishga xaqli.
7.2. Mijozning javobgarligi:
7.2.1. Mijoz bank hisobvarag'i bo'yicha o'tkazilgan operasiyalarning qonuniyligi uchun
javobgardir.
7.2.2.Mijoz bankka hisobotlarning o'z vaqtida taqdim etilishi va to'g'ri rasmiylashtirilishi, hamda
bankka taqdim qilingan hujjatlarda qayd etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgardir.
7.2.3. Mijoz axborot xizmatiga ulangan uyali telefon raqami/elektron pochta manzili o'zgarganda
yoki uyali telefon raqami/ elektron pochta manzili o'chirilganda bankka yangi uyali telefon
raqami/elektron pochta manzilini ulash uchun o'z vaqtida ariza taqdim etish uchun javobgardir.
7.2.4. Hisobvaraq egasi unga ko'chirmalar berilganidan keyin ikki ish kuni mobaynida bankka
hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan summalar haqida yozma ravishda xabar qilishi
shart. Ko'rsatilganmuddat ichida mijoz o'z e'tirozini bildirmasa, bajarilgan amaliyotlar hamda
hisobvaraqdagi mablag'qoldig'i tasdiqlangan hisoblanadi.
7.2.5. "I-bank" tizimi orqali olingan elektron yoki chop etilgan xujjatlarning (hisobvaraqdan
ko'chirmalar, bankdan xatlar va boshqalar) butligi va maxfiyligi uchun javobgardir.
Dostları ilə paylaş: