"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi


Подпись/Imzo: _____________________ М.П./M.O’



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

Подпись/Imzo: _____________________ М.П./M.O’. 
 
Дата/Sana: «___»____________ 
20__ год 
__________________________________________________________________________________ 
ОТМЕТКА БАНКА / BANK TOMONIDAN: 
 
С КАРТОЧКОЙ ОБРАЗЦОВ ПОДПИСЕЙ 
И ОТТИСКА ПЕЧАТИ СВЕРЕНО
 
IMZOLAR NAMUNALARI QO‘YILGAN 
VARAQCHASI BILAN TEKSHIRILDI 
Принял Заявление/
 
Arizani
 
qabul qildi: 
_______________________________________________________ 
/
 
_____________________ 
/
 (
Ф.И.О./F.I.SH) (подпись/imzo)

____
/
____
/
20____г. 





Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning 
hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatishning umumiy shartlariga 
4-ILOVA 
 “O’zmilliybank” AJ da hisobvaraq ochish uchun talab etiladigan 
HUJJATLAR RO'YXATI 

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar 
hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit 
hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 

bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza; 

imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha; 

mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi 
hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik 
guvohnomasi). 

Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan milliy va chet el 
valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar 
taqdim qilinadi: 

bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza; 

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha; 

tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis 
hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, 
shuningdek yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi 
haydovchilik guvohnomasi); 

soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma). 

Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallariga talab qilib olinguncha depozit 
hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim 
qilinadi: 

bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza; 

rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallarining iltimosnomasi 
(iltimosnomada “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” va “Xos raqami” (mijoz kodi) 
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart); 

rezident yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va (yoki) filiallari tomonidan imzolar 
namunalari qo‘yilgan varaqcha; 

vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat hamda vakolatxona yoki 
filial nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati 
(biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik 
guvohnomasi). 

Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar 
(diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, tijorat faoliyatini amalga 
oshirmaydigan boshqa xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari hamda doimiy muassasalar), tovar-
xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni 
sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar, shuningdek kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari 
ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslar (bundan buyon matnda norezident yuridik 
shaxs deb yuritiladi) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi 
hujjatlarni taqdim qiladilar: 

bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza; 

agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari 
tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning 
nusxasi; 

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha; 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi

norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning 
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi 
namunadagi haydovchilik guvohnomasi); 

norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga 
kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan 
nusxasi; 

tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik 
shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi; 
tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident 
yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi 
shartnoma nusxasi; 

kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va 
kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi. 

Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik 
shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan rasmiy kurslari 
belgilanadigan chet el valyutalarida bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin. 

Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgunlariga qadar 
ta’sischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el 
valyutasida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ta’sischilar (ishtirokchilar) 
murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar (ishtirokchilar) nomidan vakil qilingan 
shaxs tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza; 

imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha; 

ta’sischilar nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi 
haydovchilik guvohnomasi). 

Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin yuridik shaxslarga mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda 
asosiy hisobvaraq ochilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar 
ularning topshiriqlari asosida asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-
kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin