Elektron hujjat - elektron shaklda tuzilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va
uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi boshqa elektron hujjat rekvizitlariga ega ma'lumot.
ETH - elektron to'lov hujjati.
Multimijoz - bu Bank-Mijoz Tizimida o'ziga xos tarzda ro'yxatdan o'tkaziladigan va o'zi
uchun maxsus aniqlangan ro'yxatdan u bilan bog'liq mijozning (ikkilamchi mijoz) ma'lumotlaridan
foydalanish huquqiga ega (alogida ruxsatnomalar asosida) yuridik shaxs. Bankda Multimijozni
rasmiylashtirish jarayoni undan potensial Multimijoz mijozning ma'lumotlaridan u yoki boshqa
usulda foydalanishni, shuningdek ruxsatini olishni istaydigan ikkilamchi mijozlar ro'yxati bilan
Bank-Mijoz tizimida xizmat olish istagi ko'rsatilgan, oldindan tuzilgan Arizani (individual
qo'shimcha kelishuv) olishdan boshlanadi.
ETH holati - hozirgi ongda ETH ni qayta ishlash bosqichining belgisi ("Yangi",
"Imzolangan", "Rad etilgan", "Qabul qilingan", "O'tkazilgan" va h.k.).
Mijoz foydalanuvchisi - Mijoz nomidan Ibank Tizimi doirasida ish yuritish huquqiga ega
bo'lgan, Tizimda ro'yxatdan o'tgan Mijoz xodimi. Mijoz foydalanuvchisi Bankka yo'naltiriladigan
so'rovlar, to'lov hujjatlari va xatlarni shakllantiradi, Bankdan ma'lumotlarni qabul qiladi va qayta
ishlaydi, Mijoz nomidan ETH ni elektron usulda imzolaydi.
Elektron raqamli imzo (keyingi o'rinlarda - ERI) - elektron hujjatdagi mazkur elektron
hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgarishlar natijasida hosil
qilingan hamda ERI ning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud
emasligini aniqlash va ERI kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo
ERI kalitining egasi - o‘ziga elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilgan jismoniy
yoki yuridik shaxs;