UMUMIY SHARTLAR Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga "
O'zR tashqi iqtisodiy faoliyat
milliy banki
" AJ da kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish to'g'risidagi mazkur ommaviy oferta
(keyingi o'rinlarda "Shartnoma), internet tarmog'ida "
O'zR tashqi iqtisodiy faoliyat milliy
banki
" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") ning rasmiy saytida
www.nbu.uz
e'lon qilingan, omaviy
oferta, ya'ni O'zR FK 364 va 367-moddalariga muvofiq Shartnoma tuzish uchun noma'lum
doiradagi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga Bankning taklifi hisoblanadi.
Shartnoma Bankda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga Shartnoma hamda
unga Ilovalarda keltirilgan qoidalar hamda tartibda, shuningdek O'zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga muvofiq kompleks bank xizmatlarini taqdim etish tartibini aniqlaydi.
O'zR FK 369 va 370-moddalariga muvofiq Mijoz Shartnomani aksept qilgan ondan
boshlab Bank va Mijoz o'rtasida Shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
Shartnoma aksept qilingan ondan, ya'ni Mijoz Shartnoma tuzishga roziligini bildirgan
vaqtdan boshlab Mijoz Bankka Shartnomaga 1-Ilovada keltirilgan shaklga ko'ra lozim darajada
to'ldirilgan va imzolangan "O'zMilliybank" AJ da kompleks xizmat ko'rsatilishiga ommaviy oferta
aksepti to'g'risida" ariza (keyingi o'rinlarda - Ariza), shuningdek Bank lozim darajada komplaens
tekshiruv amalga oshirish uchun hujjatlar taqdim etganligi tan olinadi.
Mijozning Ariza taqdim etishi, Mijoz Shartnoma, Shartnomaga ilovalar hamda Bankning
Internetda
www.nbu.uz
manzili bo'yicha rasmiy saytida joylangan belgilangan Bank Tariflarini
o'qib, tanishib chiqqanligi va shartsiz roziligini anglatadi.
Shartnomaga qo'shilish to'g'risida Ariza va barcha zarur hujjatlar Mijozning mas'ul shaxsi
(shaxslari) tomonidan taqdim etiladi.
Shartnomaning shartlari O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hamda
qonunosti hujjatlari bilan tuzilgan va tartibga solinadi.