Elektron identifikator - Tizimda Mijoz va Bank o'rtasida elektron hujjatlar almashinuvini
amalga oshirishda generatsiyalangan ERI Kalitlarini saqlash va hujjatlar ostida ERI shakllantirish
uchun mo'ljallangan, interfeyyli ixtisoslashtirilgan apparat qurilmasi, ("ePass" himoyalangan
USB-token),
Shifrlash - ma'lumotlarni (elektron hujjatlar) Mijoz va Bank o'rtasida kommunikatsiya aloqa
liniyalari bo'yicha yuborishda ularning noqonuniy o'qishdan himoyalanishini ta'minlash.
Tizim bilan ishlash qoidalari - Tizimning joriy versiyasi bilan to'g'ri ishlash usullarini
ta'riflovchi, qog'oz yoki elektron ko'rinishdagi, jarayonlar, Tizim foydalanuvchining funksional
majburiyatlari ta'riflangan yo'riqnomalar to'plami. Shartlarlar Tizim versiyasida o'zgarishlar
bilan bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.
Mijoz resursi - Bankda saqlanadigan Mijoz, uning hisobvaraqlari, qoldiqlari, aylanmalari,
to'lov hujjatlari, xatlari, foydalanuvchilar, sozlamalar, huquqlar va Mijozning profili to'g'risidagi
ma'lumotlar.
1. SHARTLAR PREDMETI 1.1.
Ushbu Ibank dasturiy kompleksi orqali Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning Umumiy
shartlarning (keyingi o'rinlarda - Shartlar) maqsadi Bank tomonidan ommaviy oferta
Shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladigan Mijozga xizmat ko'rsatish tezkorligini oshirish
hisoblanadi.
1.2.
Bank Mijozga quyidagi xizmatlarni amalga oshirish huquqini taqdim qiladi:
a.
Axborot xizmatlari:
o'z hisobvaraqlarida joriy qoldiqlar to'g'risida ma'lumot olish
o'z hisobvaraqlari bo'yicha ko'chirma va boshqa hisobotlarni olish, shu jumladan
ma'lumotlarni turli formatlarda eksport qilish
a.
O'zbekiston Respublikasi banklari hamda valyuta kurslari to'g'risida ma'lumot olish
b.
Bank bilan ish yozishmalari.
c.
Milliy valyutada to'lov topshiriqlarini bajarish.
d.
Xorijiy valyutada to'lov topshiriqlarini bajarish.
e.
Mijozning Bankda ochilgan hisobvaraqlari bo'yicha Ibank Tizimi masofaviy elektron
himoyalangan tarzda ta'minlaydigan, axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va
Internetdan foydalanib ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash, himoyalash va yuborish quyi
tizimlaridan tashkil topgan
Multimijoz xizmati.
1.3.
Mijoz tizimda quyidagi elektron to'lov hujjatlarini amalga oshiradi:
Milliy valyutada elektron to'lov topshirig'i.
Xorijiy valyutada elektron to'lov topshirig'i.
1.4.
Xizmat ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, Mijoz
topshiriqlari bo'yicha elektron hujjatlarni qayta ishlash hamda Mijoz hisobvaraqlari bo'yicha
hisobotlarni elektron shaklda taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi.